Akmal Mozgovoy Evropa sari yo'l olishi mumkin
09 jan 20:35
Yangiliklar
Akmal Mozgovoy Evropa sari yo'l olishi mumkin
Futbolchiga Kipr chempionatining eng yaxshi jamoalaridan biri "Aris Limasol" qiziqish bildirmoqda. Ayni damda ushbu jamoa mamlakat chempionatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va chempionlik uchun kurashmoqda. SHuningdek, "Aris" kelasi mavsumda Evrokuboklarda ishtirok etishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.
"Aris"ni hozirda belarussiyalik mutaxassis Aleksey SHpilevskiy boshqarmoqda, jamoa sardori sifatida Rossiya termasining sobiq futbolchisi Aleksandr Kokorin harakat qiladi.
Kipr klubi futbolchiga "Nasaf"dagidan ko'ra kamroq maosh taklif qilgan. Hozircha Akmalning o'zi yakuniy qarorga kelmagan.
O'tgan mavsumda Mozgovoy "Nasaf" tarkibida barcha turnirlarda 33 o'yinda qatnashib, 6 gol va 1 assist qayd etdi. Mavsum yakunlariga ko'ra, O'zPFL tomonidan Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Transfermarkt" portali futbolchini 1,3 mln evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar