So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  1 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  4 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

Akmal Bozorov: "Kuchli ishtiyoq evaziga "Metallurg"ni mag'lub eta oldik" Yangiliklar

Akmal Bozorov: "Kuchli ishtiyoq evaziga "Metallurg"ni mag'lub eta oldik"

Tur sensaciyasi sifatida etirof etilayotgan Metallurg - Dinamo (0:2) uchrashuvidan so'ng, samarqandliklar sardori, shu kuni jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan Akmal Bozorovning o'yindan keyingi fikrlari bilan qiziqdik.

Dastlabki turda Bekoboddagi o'yin oson bo'lmasligini juda yaxshi tushunayotgandik va buni jamoamiz asosini tashkil etayotgan yoshlarga ham tushuntirishga intildik. SHu bois butun o'yin davomida bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun shiori ostida to'p surdik. Bilasiz, tajriba bobida Metallurg hurmatga sazovor jamoa, bizning tarkib esa yoshlardan iborat. O'yindan oldin ko'pchilik jamoamizning g'alabasiga ishonmagan bo'lishi mumkin, ammo biz kuchli ishtiyoq evaziga yakunda g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Hozirgi iqlim sharoitida maydonning holati talab darajasida emasligi har ikki jamoaga ham muammo tug'dirdi. Oxirigacha kurashib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. SHu kuni bizni tinmay qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarning yordami katta bo'ldi. Ularni xursand qilish uchun yanada harakat qilamiz. SHu kuni omad biz tomonda bo'ldi. Metallurg jamoasini kuchli jamoa deb bilaman - deydi Dinamo jamoasi sardori Akmal Bozorov.

Ikkinchi gol? O'yinning so'nggi daqiqalarida mezbonlarning to'liq hujumga o'tishi malum edi. SHu bois o'yin oxirida maydon markazida to'p qabul qilib olgan zahoti, hujum boshlash uchun Komil SHarofutdinovga oshirdim. Komil esa pasi bilan hujumga o'tgan tezkor hujumchimiz Abdumalik Abdullaevni darvozabon bilan yakkama-yakka holatiga olib chiqdi. Abdumalik darvozabonni aldab, yo'llagan zarbasini Metallurg himoyachisidan oldinroq etib kelib, darvozaga kiritdim - deydi goli haqida jamoa sardori.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика