Akinfeev Fayzullaevga Axmatga qarshi uchrashuvdan so'ng keskin gapirgan
23 apr 09:20
Yangiliklar
Akinfeev Fayzullaevga Axmatga qarshi uchrashuvdan so'ng keskin gapirgan
Abbosbek Fayzullaev Axmatga qarshi uchrashuvdagi sariq kartochkasi sababli kiyim alishtirish xonasida gap eshitgan.
Bu haqida CSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo malum qildi.
«Fayzullaev hamma to'rtinchi sariqni ataylab oldi deb o'ylayotganini tushunib turibdi. Akinfeev uchrashuv yakunidan so'ng Abbosga keskin gaplar gapirdi. Bunday holatlarda nima qilish mumkin. Menimcha Abbos olimpiya terma jamoasida yaxshi harakat qilib, CSKA safiga yaxshi kayfiyatda qaytib kelishi kerak», — dedi Breydo.
Eslatib o'tamiz, Abbos «Axmat»ga qarshi uchrashuvning to'rtinchi daqiqasida sariq oldi va sariqlar soni ko'payib ketgani sababli «Spartak»ka qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. SHundan so'ng CSKA Abbosni avvalroq O'zbekiston OTJ safiga qo'yib yuborishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
08:36
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Abbosbek Fayzullaevning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 3
Fikrlar