Akbar To'raev: "G'alaba qozonishimizga ishongandim"
24 apr 2014 08:10
Yangiliklar

Akbar To'raev: "G'alaba qozonishimizga ishongandim"
“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” posboni Akbar To'raevning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik:
- “Bunyodkor” kurashuvchan va ko'zlagan natijasini qayd eta oladigan klub. Bizga ishonmaganlar ko'p bo'ldi. SHaxsan o'zim jamoamizning kuchiga ishonib, oxirgi daqiqalargacha g'alaba haqida o'yladim. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda hujumchilarga yordam berish uchun oldingayam chiqishimga to'g'ri keldi.
Hatto burchak zarbasi tepilayotganda raqib jarima maydonchasi ichiga ham bormoqchi edim. Lekin murabbiylarimiz ko'rsatmasi bilan o'z joyimda qoldim. O'ylaymanki, haqiqat qaror topdi. Ushbu guruhda biz va “Fulad” keyingi bosqichga munosib edi va yakunda bu o'z isbotini topdi. Aslini olganda Toshkentdayoq “Al-Jaish”ni engishimiz va holatimizni engillashtirib olishimiz kerak edi. Darvozabon sifatida meni o'sishimda juda ko'pchilikning mehnati bor.
Murabbiylarimiz mashg'ulotlarda, Xayrulla Karimov, Sahob Jo'raev, Akmal SHorahmedov singari etakchilarimiz esa o'yin paytida menga kerakli maslahatlarni berib turishibdi. Bugungi g'alaba tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba berdi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda biz yanada g'ayratli va shijoatli bo'lib o'ynaymiz, - deydi Akbar To'raev.

Fikrlar