So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Akbar Ismatullaev: "Bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda" Yangiliklar

Akbar Ismatullaev: "Bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda"

"Buxoro"ga qarshi 3-tur o'yini arafasida "Paxtakor" yarim himoyachisi Akbar Ismatullaev bahs haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor" CHempionlar ligasida 15 martda o'ynagach, Buxorodagi bellashuvgacha rasmiy o'yinda ishtirok etmadi. Tayyorgarlik jarayoni xususida Akbarning fikri quyidagicha bo'ldi.

- Jamoa bilan shu muddatda navbatdagi uchrashuvlarga yaxshi tayyorlanishga intildik. Oldinda bir qator muhim o'yinlar kutmoqda. Rasmiy bahslar etishmovchiligini mashg'ulotlarda jiddiy ter to'kish orqali meyorga keltirishga urindik. Terma jamoa tarkibiga bir necha futbolchilar chaqirildi, lekin "Buxoro" bilan o'yinga tayyormiz.

Raqib safida 2016 yilgi mavsum oldidan kuzatilgan o'zgarishlar to'g'risida yarim himoyachi shunday takiladi.

"Raqibimiz tarkibini o'tgan yilgiga nisbatan ancha kuchaytirdi. Yaxshi saviyadagi o'yinchilar jalb etildi. Ularning "Obod" bilan Toshkentdagi bellashuvini tomosha qildim. "Buxoro" jamoaviy o'yinni shakllantirishga urinmoqda. Jamoaga taklif etilgan futbolchilar foyda keltirishga harakat qilishyapti. Bizni keskin va oson bo'lmagan to'qnashuv kutmoqda".

O'tgan yili Buxoroda kechgan uchrashuvda Ismatullaevning to'p oshirishidan keyin CHipev o'z darvozasini ishg'ol qilgan va Akbar deyarli gol muallifiga aylangandi. Bu unga o'yin arafasida qo'shimcha ishtiyoq beradimi?

- O'tgan yilgi bellashuvni yaxshi eslayman. O'shanda jarima to'pini tepganimdan keyin mezbonlar vakili o'z darvozasini ishg'ol qilgandi. Bu safar ham jamoamga shunday foyda keltirishga urinaman. Avvalgi muvaffaqiyat qo'shimcha ishtiyoq beradi. Nasib qilsa, bu gal ham g'alaba qozonishga intilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика