So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Akaki SHulaya: "Maqsadimiz - "Qizilqum"ni elitada olib qolish" Yangiliklar

Akaki SHulaya: "Maqsadimiz - "Qizilqum"ni elitada olib qolish"

Ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ayni vaqtda Dukentda mashg'ulotlarni olib bormoqda.

Jamoa tarkibda ham jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Ushbu transferlar qatorida gruzyalik yarim himoyachi Akaki SHulaya ham bor. Ushbu futbolchiga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Akakai O'zbekistonga xush kelibsiz! Sizni bu erga kim taklif qildi?

- Salom. Meni bu erga “Qizilqum” jamoasi murabbiyi taklif qildi. U mening bir nechta o'yinlarimni tomosha qilganini va ular uchun kerakligimni takidladi. Men esa faoliyatimdagi yangi chaqiriqni qabul qildim va bu erga keldim.

- Bilamiz siz “Qizilqum” jamoasiga kelganlardan yana bir vatandoshingiz Giorgi Kuxianidze bilan do'st ekansiz. Bu erga kelishingizdan oldin u bilan ham maslahatlashdingizmi?

- Ha, Giorgi bilan anchadan beri do'stmiz. O'zbekistonga kelishimdan oldin u bilan ham suhbatlashdim. Maslahatlar so'radim. Uning bu erga kelishi ham mening tashrifimga asosiy sabablardan biri bo'ldi.

- Sizning nega aynan “Qizilqum” jamoasining taklifini qabul qildingiz? Bu klubda maqsadingiz qanday?

- Men bu erga jamoaning oldiga qo'ygan maqsadi uchun keldim. Murabbiy menga “Qizilqum”ni elitada olib qolish kerakligi, bu uchun esa barcha ishlar qilinishi va biz ham imkoni boricha harakat qilishimiz kerakligini aytdi. Menga kurashuvchanlik yoqadi va men shu uchun “Qizilqum” taklifini qabul qildim. Maqsadim esa aytib o'tganimdek “Qizilqum” jamoasini Superligada olib qolish va klubni o'z o'rniga qaytarish.




- Akaki O'zbek futboli haqida biror bir tushunchaga ega bo'lib keldingizmi?

- Albatta men bu erning chempionatini oldindan kuzatib kelardim. Kuchli va tezlikka etibor berilgan chempionatlar sirasiga kiradi. Bu erda ko'plab gruzyalik futbolchilar to'p tepgan. Men ham ular qatoriga qo'shilganimdan xursandman.

- Superligani kuzatib boraman dedingiz, bu erdagi jamoalar va ularning saviyasi haqida eshitgandirsiz...

- Ha, bu erdagi jamoalarni eshitganman. Qolaversa men ushbu jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdim. O'zbek futbolida eng kuchli jamoalardan biri “Paxtakor” jamoasi haqida esa anchagina malumotga egaman. O'tgan yilgi mavsumda jamoa anchagina qiziqarli uchrashuvlar o'tkazdi va yakunda chempion bo'ldi.

- “Qizilqum” jamoasida vatandoshingiz Elguja Grigalashvili to'p tepdi va jamoa muxlislari orasida anchagina “yoqimtoy”ga aylandi. Siz ham jamoa muxlislari va mutaxassislar oldida shunday nuqtaga chiqa olaman deb o'ylaysizmi?

- Ha, bundan xabarim bor. Albatta, men ham shunday natija qayd etmoqchiman. Jamoa muxlislari menga ishonch bildirishsa men ishonib aytamanki, jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shaman. Qolaversa men qachondir jamodan ketsam meni ham albatta Elgujaga o'xshab ilik fikrlar bilan eslashadi.

SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика