So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  3 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

AGMK nazorat o'yinida "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

AGMK nazorat o'yinida "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  "Paxtakor"AGMK
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan kichik tanaffusda AGMK ikkinchi nazorat o'yinini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdi, deya xabar bermoqda Olmaliq klubi matbuot xizmati.

Bundan to'rt kun ilgari AGMKga sparring raqib bo'lgan "Andijon" bilan bo'lib o'tgan bellashuvdan keyin bu gal olmaliqliklar "Paxtakor"ga qarshi nazorat uchrashuvi tashkillashtirishdi.

Olmaliqda kechgan to'qnashuvda AGMK Superliganing 19-tur doirasidagi "Dinamo" bilan bo'ladigan bahsga qadar futbolchilarda o'yin amaliyoti bo'lishini taminlash va jamoaviy kombinacion harakatlarini yanada shakllantirib olishni maqsad qilishdi. Qiziqarli va AGMK ustunligi ostida o'tgan birinchi bo'limda bitta gol urildi. Burchak zarbasini amalga oshirish huquqini qo'lga kiritgan olmaliqliklar SHixovning uzatmasi va Nurmatovning yaqin burchakdan to'pni darvozaga aniq yo'llagani tufayli hisobda oldinga chiqib oldi.

SHundan so'ng tanaffusga qadar boshqa gol urilmadi. Ikkinchi bo'limda har ikkala jamoa safida qator o'zgarishlarga qo'l urildi. Unga qadar esa AGMK tablodagi hisobni yanada ishonchli ko'rinishga keltirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi taym avvalida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Elguja Grigalashvili jonbozlik ko'rsatdi va jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilarini aldab, darvozabonni ham dog'da qoldirishni uddasidan chiqdi va Nurmatovga deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etish imkoniyatini yaratdi. SHahzod Nurmatov esa o'rnini Zafar Polvonovga bo'shatib berish oldidan uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi.

Uchinchi golda esa "Paxtakor"ning yosh himoyachisining xatosidan unumli foydalangan Zafar Polvonov bellashuvdagi yakuniy natijani o'rnatdi - 3:0.

SHu tariqa FIFA kunlari tufayli chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, CHimyon tog' yon bag'rida yig'in o'tkazgan hamda "Dinamo"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik doirasida ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazgan olmaliqliklar bu galgi bellashuvda ham g'alaba qozondi. 

Eslatib o'tamiz, "Andijon"ga ikkita gol urgan AGMK "Paxtakor" darvozasini 3 marotaba aniq nishonga olishni uddasidan chiqishdi.


AGMK futbolchilariga ertaga hordiq chiqarish uchun dam beriladi va 10 sentyabrdan esa jamoa yana Do'rmondagi qarorgohga yig'ilib, Qibraydagi stadionda "Dinamo" bilan o'yinga tayyorgarlik davom ettiradi.



Nazorati o'yini.

8 sentyabr, yakshanba

AGMK - "Paxtakor" 3:0

OKMK sport majmuasi, "Markaziy" stadion.

Bosh hakam: Akobir SHukurullaev.

Gollar: SHahzod Nurmatov (21, 58), Zafar Polvonov (88)

AGMK - Suhrob Sultonov - Akmal SHorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullaev, Dilshod Jo'raev, Mirjamol Qosimov - Murod Toshmatov, SHahzod Nurmatov, Sanat SHixov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Mirg'iyoz Sulaymonov, Bobur Yuldoshev, Vladislav Kasminin, Farhod Imamov, G'ulomHaydar Gulyamov, Jasur Umarov, Elguja Grigalashvili, Zohir Pirimov, Kamron Abdulhamidov, Zafar Polvonov.

"Paxtakor": Umid Hamroev, Alisher Salimov, SHerzod Azamov, Vladimir Kozak, Yo'ldoshev, Sardor Sobirxo'jaev, Humoyunmirzo Iminov, Dragan CHeran, Marat Bikmaev, Husniddin G'ofurov, SHohruh Mahmudhojiev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Isakov, Sarimsoqov, Roziev, Sobirov, Hoshimov, Xolmatov, Muxtorov, SHamsiev, Mirsaidov, Odilov, Abdusalomov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика