So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  20 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29

AGMK jamoasi Turkiyaga etib keldi Yangiliklar

AGMK jamoasi Turkiyaga etib keldi

Teglar :  AGMK
Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun AGMK jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini asosiy hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 5 yanvar kuni to'plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi «Tadjiev Start» futbol maktabiga qarashli suniy qoplamali maydonda shug'ullangan hamda jismoniy holatini optimallashtirish BAAda yig'in o'tkazib qaytgan AGMK tayyorgarlik rejasini hal qiluvchi muhim bosqichini Antaliyada o'tkazadi.

Bugun ertalab jamoa charter reys orqali Toshkentdan Antaliya shahriga uchib keldi.

Ikki hafta (5 - 20 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan AGMK yig'in doirasida bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi.

AGMK Antaliyadagi «Royal Seginus» mehmonxonasida istiqomat qiladi.

Antaliyadagi yig'inga AGMK jamoasi to'liq tarkibda yo'l oldi. O'tgan yig'inda qatnasha olmagan Valijon Rahimov va Abdulla Abdullaev milliy jamoadan AGMK ixtiyoriga qaytib, mazkur yig'inga jamoa bilan birgalikda keldi. SHuningdek, o'tgan yig'inga jalb etilgan Jalolov va Sobirov o'rniga yosh futbolchilar Murot Ermatov va Sardor Abdunabiev jalb etildi.

AGMKning dastlabki mashg'uloti bugun Toshkent vaqti soat 20:30da boshlanadi.


Antaliyadagi yig'inga yo'l olgan AGMK delegaciya tarkibi:


Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Marat Axmerov

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Tahlilchi: Vitaliy Lushachev

Matbuot kotibi: SHahboz Beg'amov

Jamoa mamurlari: Ruslan SHaymardanov / SHerzod Yunusov

SHifokor: Islom Abaev

Massajchilar: Abdull Rizboev / Nurbek Jo'raev

Operator: SHerzod Boyirov


Jamoa futbolchilari

Darvozabonlar: Valijon Rahimov, Botirali Ergashev, Jamoliddin Hikmatov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Mirg'iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Iskandar Bo'sinov, Akrom Komilov, Murat Ermatov.

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Abdulla Abdullaev, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov, Nodir Abdurazzoqov, Ixtiyor Xolmo'minov, Sardor Abdunabiev, SHohruh Gadoev, Xurshid G'iyosov, Alisher Jalilov.

Hujumchilar: Zafar Polvonov, Aleksandr Kasyan, Martin Boake.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика