So’nggi yangiliklar

21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  26 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   6 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  6 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  2 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1

Afsonaviy darvozabon Oliver Kan akademiyasi ijrochi direktori va menejeri yurtimizga tashrif buyurishadi Yangiliklar

Afsonaviy darvozabon Oliver Kan akademiyasi ijrochi direktori va menejeri yurtimizga tashrif buyurishadi

Teglar :  O'FAOliver Kan
O'FAdan navbatdagi o'ziga hos yangilik.

O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirishning samarali tizimini yo'lga qo'yish borasida xorij tajribasidan keng qamrovli foydalanish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv chog'ida yurtimizga Evropaning kuchli akademiyalari vakillarini olib kelish va ularning tajribasini o'rganish borasida yordam berishni so'ragan va FIFA prezidenti bu borada amaliy yordam berishga vada qilgandi.

Ana o'sha vadaga ko'ra, joriy yilning 18 mart kuni Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Evropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori va menejeri yurtimizga tashrif buyurishadi.

“Oliver Kan akademiyasi” Germaniyada asosan darvozabonlar tayyorlash yo'nalishida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, Germaniyaning 8 karra chempioni hisoblangan Oliver Kanga qarashli akademiyada darvozabonlar murabbiylarini tayyorlash, selekciya ishlari, transfer masalalari bo'yicha ham talim beriladi.

18 mart yakshanba kuni “Oliver Kan akademiyasi” ijrochi direktori Moric Mattes  va akademiya menejeri Robert Niemann  O'zbekistonga tashrif buyurishadi.

Tashrif davomida germaniyalik mutaxassislar O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha suhbatlashishadi. Undan tashqari, Moric Mattes O'zbekiston futbol associaciyasida yurtimizdagi darvozabonlar murabbiylari uchun seminar o'tkazadi.

SHuningdek, nemis mutaxassislari “Paxtakor” va “Bunyodkor” stadionlarida bo'lib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishadi. Bundan tashqari, Superliga 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” AGMK uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilishadi.

SHu yilning aprel oyida germaniyalik afsonaviy darvozabon Oliver Kanning o'zi ham O'zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика