“Afsonalar Kubogi-2023”. Jeparov finalda gol urdi, Gleb “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi, Rossiya esa 15-marotaba chempion bo'ldi
13 fev 2023 07:50
Yangiliklar
“Afsonalar Kubogi-2023”. Jeparov finalda gol urdi, Gleb “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi, Rossiya esa 15-marotaba chempion bo'ldi
Rossiyada 15-marotaba tashkil etilgan “Afsonalar Kubogi” musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Finalda MDH terma jamoasi mezbon Rossiyaga 4:6 hisobida mag'lub bo'ldi. Etiborlisi, MDH jamoasi safida Server Jeperov gol urdi, shuningdek, tojikistonlik Xurshid Mahmudov, belaruslik Vyacheslav Gleb raqib darvozasini ishg'ol etdi va Konstantin Golovskoy avtogol muallifi bo'ldi. Rossiyaliklar safida Aleksandr Samedov, Pavel Pogrebnyak dublga erishgan bo'lsa, Yuriy Jirkov hamda Konstantin Golovskoy raqib darvozasiga bir martadan to'p kiritishdi. SHu tariqa, rossiyaliklar 14-marotaba ushbu musobaqada g'olib bo'li.
“Man of the match” sovrini esa ikkala jamoadagi futbolchilarga topshirildi: “Arsenal”, “Barsa”dagi o'yinlari bilan ko'pchilikka tanish bo'lgan Aleksandr Gleb hamda Aleksandr Samedov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar