So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Afrikaning eng yaxshi futbolchisi haqida Yangiliklar

Afrikaning eng yaxshi futbolchisi haqida

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, o'zimizning davrda, Misr degan tomonda Salax degan futbolchi bo'lgan ekan...

Nisbatan omadli kelgan quradan so'ng, ko'pchilik mezbon Rossiya termasiga kim asosiy raqib bo'lishi borasida so'z yurita boshladi. Aksariyat mutahassis va muxlislar Suares hamda Kavani (Urugvay termasi)ga alohida etibor berish zarurligini takidlashmoqda. Ammo futbol dunyosida boshqa bir yulduz yorqin nur socha boshladi. Axir u qaerdadir emas, hujumkor futbolchilarga oson bo'lmagan Angliya Premer-Ligasida porlay oldi. Ha, sezib ulgurganingizdek, gap “Liverpul” va Misr termasi futbolchisi Muhammad Salax haqida ketmoqda. Yarim hujumchi (sababi u himoyadan ko'ra, hujumda ko'proq foyda keltiradi) hozirning o'zidayoq dunyoning eng yaxshi o'yinchilari qatoriga kiradi.  


U cho'qqiga qanday chiqdi?
Yil so'ngiga kelib, Salax ishga jiddiy kirishdi va qator sovrinlarni qo'lga kiritdi. Oy yakunlariga ko'ra, “Liverpul” yoki APLning eng yaxshi futbolchisi bo'lish Muhammad uchun yangilik bo'lmay qoldi. Salax bu bilan kifoyalanib qolmay, keyingi pog'onalarni zabt etishga kirishib ketdi. Masalan, Afrikaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi ham aynan qaxramonimiz bo'lgani so'zimiz isboti bo'la oladi. Hali Angliyada rojdestvo bayrami nishonlanmadi, hali yangi yil kirib ulgurmadi. Tinib-tinchimas Salax esa 2013/14 mavsumdan buyon ilk bor “mersisaydlar” tarkibida bir mavsumda 20 (va undan ortiq) gol urishga erishgan birinchi futbolchi bo'ldi. O'shanda bu natijaga Luis Suares va Denieel Starrij erishgandi. Bugunning o'zida ishonch bilan aytish mumkinki, bu bola uzoqqa boradi. Axir o'zingiz bir qarang, APLning 16 o'yinida misrlik 14 ta gol urdi va 3 bor sheriklariga golli pas etkazib berdi. CHempionlar Ligasi guruh bosqichida esa Salax 6 o'yinda 5 ta gol urdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi.
Bundan kelib chiqadiki, futbolchi har o'yinda o'rtacha 1tadan ko'proq samarali harakatni amalga oshirmoqda.  

O'yinga tasiri

So'nggi vaqtlarda Salaxning o'yinidan unga befarq bo'lganlar ham zavq ola boshladi. SHunday bo'lsada, Muhammad hamon o'sishdan, rivojlanishdan to'xtagani yo'q. Oxirgi o'yinlarga qarar ekanmiz, deyarli har bir uchrashuvda Salax hal qiluvchi rolda. Buni nafaqat statistik malumotlar tasdiqlamoqda, balki “qizillar” o'yinini sinchiklab tomosha qilar ekansiz, qo'shimcha moslama, texnika vositalarisiz ham sezish mumkin. Salax hamma joyda hoziru-nozir. U raqib darvozasiga (CHempionlar Ligasida o'rtacha 5 martadan, APLda esa har o'yin o'rtacha 4 marta) zarba bermoqda. Bundan tashqari misrlik ajoyib paslar berishni ham kanda qilmayapti. Agar uning etkazib bergan pasidan so'ng sherigi gol urmasa ham, o'ta xavfli hujum boshlanishi aniq. Raqib kim bo'lsa ham, uning himoyasida kimlar o'ynasa ham ularga oson bo'lmayapti. Salaxni to'xtatib qolish mushkul vazifa, sababi u bir joyga bog'lanib qolmagan. O'yin davomida Salax ham chapda, ham o'ngda, hujumning oldingi nuqtasidayu, hech kim kutmaganda, orqaroqda paydo bo'lishi odat tusiga kirmoqda. U shunchalar yorqin o'yin ko'rsatmoqdaki, buning fonida Koutino, Mane yoki Firminoning harakatlari ikkinchi planga tushib qolmoqda.


Tizimga moslashishi
Salax jamoa muxlislari xo'rsinib sog'inadigan Suaresni unutishlari va o'zlari uchun “yangi qaxramon” kashf etishlariga sabab bo'ldi. Yurgen Klopp va jamoasi yorqin o'yin uslubi, maydondagi harakatlari bo'yicha klubga juda mos keladigan o'yinchini topa olishdi. Darvoqe, Salax ajoyib o'yin ko'rsatayotgani uchun “Liverpul” kuchaydimi, yoki jamoa o'yin uslubi futbolchiga qo'l tushdimi javob berish qiyin bo'lgan savollardan biri. Futbol muxlislari yaxshi eslashsa kerak, Muhammad tumanli albionga ilk bor bundan bir necha yil avval “yurish” qilgandi. Evropa futbolida uni tanitgan “Bazel”dan yarim himoyachi Londonning “CHelsi”si safiga kelib qo'shiladi. Bazilar Salax o'zini ko'rsata olmaganiga londonliklarni va ularning o'yin uslubini sabab qilib keltirsa, boshqalar futbolchining o'zi tajribasizlik qilganini olg'a surishadi. Ammo fakt shuki, Muhammad o'zi uchun mos jamoa topa oldi. “Roma”da Salax barchaning etiborini yana bir bor o'ziga qaratdi. Ammo “Liverpul” uchun katta pulga, aniqroq aytadigan bo'lsak, 42 million evroga misrlik o'yinchini xarid qilish yaxshigina tavakkalchilik hisoblanardi. Va bugun, bir piyola “choydan xo'plab” aytish mumkinki, bitim o'zini oqladi. Aytib o'tganimizdek, Salah ajoyib qobiliyat sohibi. Kimdir uni Messi bilan solishtirsa, boshqalar gullagan davridagi Robben va Beylga o'xshatib yubormoqda. To'g'rida, yuqori tezlik, ajoyib dribling, to'pni o'zi bilan olib yurish, yuqori texnika, koordinaciya, raqib darvozasi oldidagi sovuqqonlik va kerak joyda kutilmagan paslar, hammasi unda mujassam.

Salax kabi futbolchilarni ustun tomonlaridan foydalanish zarur. Klopp esa aynan tezkor hujumlar va qaynoq xissiyotlarga asoslangan o'yinni xush ko'radi. Aynan shu narsa Salaxga ham zarur. Misrlikning yonida ko'makchilari Mane, Koutino va Firminolarning borligi esa, nur ustiga alo nur. Ular bir-birlarini so'zsiz tushuna boshlashdi va uncha-muncha raqib himoyachilarini pisand qilmay o'tib ketishmoqda.


Terma jamoada ishlar qanday?
Qizig'i, Salax terma jamoa libosida ham o'z o'yinini yo'qotib qo'ymayapti. Bazi futbolchilar bor, klubda qanchalar zo'r o'ynamasin, mamlakat terma jamoasi safida ishlari yurishavermaydi. Ular qanchalar harakat qilmasin, shunchaki o'xshamaydi. Salax esa futbolchilarning bu toifasiga kirmaydi.

“Liverpul”da ajoyib sheriklarga ega Salax yuqori darajada futbol o'ynayverib, termadagi jamoadoshlarini ham o'z ortidan ergashtira oladigan darajaga chiqdi. Ha, aynan Salax termasining asosiy o'yinchisi va aynan u Jahon CHempionati yo'llanmasini sovg'a qilgan gol muallifiga aylandi. Salax boshchiligidagi Sobhi, El-Nenni va El-Moxamadi mundialga ham turist sifatida kelmasligi aniq.

Salaxning yana bir ijobiy jihati shuki, u jamoaviy futbolchi. U qaysidir manoda takrorlanmas futbolchi. Bazi futbolchilar jamoasiga, uning o'yiniga qarab moslashadilar, qolganlari esa jamoa o'yiniga tasir o'tkazib, bazan xatto o'yin malum bir futbolchi atrofida quriladi. Ammo Salaxga farqi yo'q, xuddi ustasiga farqi yo'q deganlaridek. U qisman atrofdagilarga bog'liq, ular kuchli bo'lsa, qolishmaslikla harakat qiladi, lekin aksincha Salax kuchliroq bo'lgan vaziyatlarda, jamoasini o'z ortidan ergashtira olish qobiliyatiga ham ega. Misr termasi va Salaxning o'yini o'zaro bog'liq va ular birga o'sdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Terma jamoa safidagi 5 yil davomida Salax o'yin uslubini o'zi yoqtirgan ko'rinishga keltira oldi. Salax jamoadoshlariga suyansa, terma jamoa Salaxga suyandi. Terma safida ham Salax deyarli har o'yin foydali harakat amalga oshirishga, ikki o'yinning birida gol urishga muvaffaq bo'lmoqda.

Afrika termasi safida uzoq vaqt davomida bir maromdagi futbol namoyish etish, ustiga-ustak, Misr safida yulduzlar deyarli yo'q. Hozir Salax hisobida Misr termasi safida 56 o'yinda 32 gol mavjud. Davomi qanday bo'larkin? Buni endi vaqt ko'rsatadi...



Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика