Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga yakuniy 3 nafar davogar malum
20 iyu 2022 22:08
Yangiliklar
Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga yakuniy 3 nafar davogar malum
Afrika futbol konfederaciyasi qisqargan nomzodlar nomini keltirib o'tdi.
Endi sovringa Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr) va Sadio Mane ("Bavariya", Senegal), shuningdek, darvozabon Eduard Mendi ("CHelsi", Senegal) davogarlik qilmoqda.
Bundan tashqari, "Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi" nominaciyasi uchun Annibal Mejbri ("Manchester Yunayted", Tunis), Karim Konate ("RB Zalcburg", Kot-d’Ivuar) va Pap Matar Sarr (Tottenxem”, Senegal) kurashmoqda.
"Eng yaxshi murabbiy" mukofotini yutish uchun esa Aliu Sisse (Senegal terma jamoasi), Karlush Keyrush (Misr terma jamoasi) va Valid Redragi ("Vidad") kabi nomzodlar keltirilgan.
Kamerun, Misr va Senegal jamoalari "Yilning eng yaxshi terma jamoasi" nomi uchun bellashmoqda.
CAF Awards 2022 21 iyul kuni Marokashning Rabat shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar