"Adidas" "Real", "Yuventus", MYU, "Arsenal" va "Bavariya" afsonalarini jamlagan holda jamoalarning uchinchi liboslarini retro uslubda taqdimot qildi
12 avg 08:49
Yangiliklar
"Adidas" "Real", "Yuventus", MYU, "Arsenal" va "Bavariya" afsonalarini jamlagan holda jamoalarning uchinchi liboslarini retro uslubda taqdimot qildi
"Adidas" 2024/2025 yilgi mavsum uchun "Real Madrid", "Yuventus", "Bavariya", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublarining uchinchi libosini taqdim etdi.
Liboslar taqdimotida ushbu klublarning afsonaviy futbolchilari ishtirok etishdi. "Real Madrid" libosini "Los-Blankos"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Zinedin Zidan kiydi. SHuningdek, “Yuventus” libosini Alessandro del Pero, "Bavariya" libosini Bastian SHvaynshtayger, “Arsenal” libosini Patrik Vieyra va “Manchester Yunayted” formasini Rio Ferdinand taqdim etdi.
Yangi forma 12 avgust kuni sotuvga chiqariladi.
Fikrlar