So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Adashmang, Tailand Osiyo chempioni bo'lmagan Yangiliklar

Adashmang, Tailand Osiyo chempioni bo'lmagan

Saytimiz orqali xabar berib o'tganimizdek, kecha futzal bo'yicha milliy terma jamoamiz Osiyo chempionatida amaldagi chempion Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Va guruhdagi dastlabki uch ochkosini qo'lga kiritdi. Endi futzalchilarimiz ertaga Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishadi.

SHu o'rinda bazi muxlislarimizdan adashmaslikni so'ragan bo'lardik. Eslatma tarzida shuni aytmoqchimizki, amaldagi Osiyo chempioni Tailand emas, balki Yaponiya futzal terma jamoasi hisoblanadi. Umuman olganda, Tailand hali shu vaqtgacha Osiyo chempioni bo'lmagan.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 1999 yildan beri o'tkazib kelinmoqda. Musobaqa to 2008 yilgacha har yili o'tkazilgan bo'lib, undan keyin har juft yillarda o'tkazish ananaga kirdi. Futzal bo'yicha qita birinchiligi ikki bor O'zbekistonda tashkil qilingan - 2006 va 2010 yillarda. Har ikkala musobaqada terma jamoamiz finalga qadar etib borib, mag'lub bo'lgan. 2006 yilda Yaponiyaga 1:5, ikki yil o'tib Eronga 3:8 hisobida yutqazganmiz.

Tailand avvalgi Osiyo chempionati finalida Yaponiyaga 1:6 hisobida mag'lub bo'lgan. Quyida malumot uchun musobaqaning barcha finallarini keltirib o'tamiz.

1999 yil. Malayziya.
Eron - J.Koreya - 9:1
2000 yil. Tailand. Eron – Qozog'iston - 4:0
2001 yil. Eron. Eron – O'zbekiston - 9:0
2002 yil. Indoneziya. Eron – Yaponiya - 6:0
2003 yil. Eron. Eron – Yaponiya - 6:4
2004 yil. Makao. Eron – Yaponiya - 5:3
2005 yil. Vetnam. Eron – Yaponiya - 2:0
2006 yil. O'zbekiston. Yaponiya – O'zbekiston - 5:1
2007 yil. Yaponiya. Eron – Yaponiya - 4:1
2008 yil. Tailand. Eron – Tailand - 4:0
2010 yil. O'zbekiston. Eron – O'zbekiston - 8:3
2012 yil. BAA. Yaponiya – Tailand - 6:1
2014 yil. Vetnam. ? : ?

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика