Abdusamad Do'rmonov: "Futbol o'ynayotgan jamoa har doim yuqori o'rinlar uchun harakat qilishi kerak"
16 apr 2024 23:22
Yangiliklar
Abdusamad Do'rmonov: "Futbol o'ynayotgan jamoa har doim yuqori o'rinlar uchun harakat qilishi kerak"
Birinchi liganing 1-turidan o'rin olgan "FarDU" - "CHig'atoy" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Abdusamad Do'rmonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin haqida...
- Yigitlar harakat qilishdi. Kubok doirasidagi o'yinda "CHig'atoy"ga yutqazib qo'ygandik. Bugun jamoamiz azolarida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli bo'ldi. O'tgan o'yindagi xato va kamchiliklarimizni tahlil qildik. O'yinlar davomida tajriba to'plab boramiz.
- "FarDU" klubining joriy mavsumdagi maqsadlari qanday?
- Tarkibimizda yosh futbolchilar bor. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishni o'z oldimizga vazifa sifatida qo'yganmiz. Futbol o'ynayotgan ekanmiz, har doim yuqori maqsad, yuqori o'rinlar uchun harakat qilishimiz kerak.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar