So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

Abdurahmon Fozilov: "Osiyo Kubogida hammani lol qoldiradigan ishlar qilamiz" Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: "Osiyo Kubogida hammani lol qoldiradigan ishlar qilamiz"

O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalari bilan "B" guruhida kurash olib boradi.
Bugun o'tkazilgan qura tashlash marosimidan so'ng terma jamoa muxlislar klubi etakchisi Abdurahmon Fozilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qura natijalari haqida fikringiz?
- Qura hamma uchun birdek keldi deb hisoblayman. Guruhdan chiqish masalasida muammo bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Jamoa yaxshi shakllanishi uchun terma jamoalar markazi o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etishi shart.
KXDR, Saudiya Arabistoni va Xitoy termalaridan 2015 yil yanvar oyida eng optimal formadagisi bu Saudiya Arabistoni bo'ladi.

Bu musobaqada muxlislarga juda ko'p noqulayliklar bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi muxlislari misolida o'ylab ko'ring. Birinchi o'yin Sidneyda, keyin 600 kilometr uzoqlikdagi Bresbenga boriladi, undan keyin 1300 kilometr uzoqdagi Melburnga.

Agar guruhdan chiqish-chiqmaslik masalasi uchinchi o'yinga qoladigan bo'lsa, birinchi yoki ikkinchi o'rinni egallashimizga qarab Melburnda qolamiz yoki yana 1300 kilometrga Brisbenga qaytamiz. Avstraliya shunaqangi mamlakatki, hech qachon hech bir mehmonxonada 2-3 tadan ko'p bo'sh o'rin topilmaydi.

Bu bor yo'g'i mehmonxona masalasi, 1300 kilometrga avtobusda borish bir azob. SHuning uchun o'rtada aviachipta masalalari ham bor.

Bu birgina bizning muxlislarga emas, balki barcha terma jamoalar muxlislariga taalluqli muammo.

- Avstraliyaga taxminan necha kishi borishi mumkin?
- May oyida o'zim yashil qitaga borib tashkiliy masalalarni hal qilib kelaman. Undan keyin narx va boruvchi muxlislar soniga aniqlik kiritamiz.

- Federaciya tomonidan muxlislar klubi azolariga qo'shimcha yordam bo'ladimi?
- Albatta.

- Avstraliyada narx-navo qimmat ekanligi muxlislarning sonini Qatardagidan kamaytirib yubormasmikin?
- Haqiqatdan ham Avstraliyada bir kunlik harajatlar minimum 50$ni tashkil qiladi. Lekin, bu o'zbek muxlislarini to'xtata olmaydi.

- U erga boradigan muxlislar bilan har o'yinimizda qandaydir kutilmagan ko'rinishlar qilishga harakat qilasizlarmi?
- Nasib qilsa, siz kutgandanda xayratlanarli, butun Osiyoni lol qoldiradigan ishlar qilamiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика