So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunday fantastik muhitda o'ynashni barcha istaydi” Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: “Bunday fantastik muhitda o'ynashni barcha istaydi”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov jamoaning Superligadagi ilk o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kuni kecha mahoratli darvozabon “Neftchi” klubi rasmiy sayti uchun intervyu berib o'tdi.

– Abdumavlon, dastlab Farg'onada bo'lib o'tgan “Nasaf”ga qarshi bahs haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz ?

– Ko'pchilik takidlab o'tganidek, muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin guvohi bo'ldik. Ilk o'yinimiz bo'lgani uchun baribir biroz futbolchilar bir-birlarini tushinishlari qiyin kechdi. Bu vaqtincha holat sanaladi. Umuman olganda, “Neftchi” yaxshi o'yin ko'rsatdi.

– Hozir “Neftchi” futbolchilari orasida qanday muhit mavjud?

– Ichki muhit alo darajada deyishim mumkin. Futbolchilarni ko'zida shijoat bor. Klubdagi o'zgarishlar ijobiy natija bermoqda. Ayniqsa jamoaga haqiqiy futbolning jonkuyar insonlari rahbar bo'lganini alohida aytib o'tish o'rinlidir. Klubda bizga hamma sharoitlar yaratib berilgan.


– “Nasaf” Sizda qanday taassurot qoldirdi?

– Qarshi jamoasi garchi etakchilarini boshqa jamoalarga qo'yib yuborgan bo'lsada, o'tgan yilgidek kuchli jamoa deb o'ylayman. O'yin uslubi o'zgarmagan.

– Stadiondagi muhit haqida bahs ishtirokchisi haqidagi fikrlaringiz?

– Fantastik muhit! Maydondagi futbolchilar ham zavq bilan to'p surishdi. Har qanday futbolchi bunday o'yinda to'p surishni istaydi.

– Farg'onaliklarning ishqibozligi borasida munosabat bildirsangiz?

– Muxlislarga katta rahmat! Faqat qoyil qolish kerak. O'yinda muxlislar futbolchilarni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab borishdi.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика