So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Abdumajidov “Metallurg”ga qaytdi va klubga yangi legionerlar qo'shildi. SHuningdek, Lobanov, Palich va boshqa futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi Yangiliklar

Abdumajidov “Metallurg”ga qaytdi va klubga yangi legionerlar qo'shildi. SHuningdek, Lobanov, Palich va boshqa futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"2022 yili Qozog'iston Respublikasining “Ordabasi” jamoasiga ijaraga berilgan markaziy himoyachimiz Odilbek Abdumajidov qadrdon klubiga qaytdi. Odilbek to'p tepgan jamoa Premer ligada 5-o'rinni band etdi. Qozog'iston kubogi musobaqasining esa g'olibiga aylandi. Jamoaning mazkur yutuqlarida shubhasiz Abdumajidovning ham ulushi katta bo'ldi. 

2023 yilgi chempionat arafasida “Metallurg” jamoaning o'tgan yilgi o'zagini saqlab qoldi. Darvozabonlar Aleksandr Lobanov hamda Akmal Ortiqovlar bilan shartnoma muddati uzaytirildi. SHuningdek, yaqin o'rinbosarlar – Vladimir Vagin hamda Humoyunshoh Sayyotovlarning muvaffaqiyatli qatnashuviga ham umidvormiz.

Himoya chizig'ida Muhammadali Aliqulov, Abrorbek Toshqo'zievlarga xorijdan qaytgan Odil Abdumajidov, “Qo'qon 1912” jamoasidan taklif etilgan Ivan Yosovich hamda serbiyalik yana bir o'yinchi Filip Stamenkovich yordam beradi. SHuningdek, O'zbekiston fuqaroligiga ega, AGMK, “Qizilqum” jamoalaridagi ishtiroki orqali yaxshi tanish bo'lgan tajribali Vladislav Kosminin jamoamizning himoya chizig'ini mustahkamlashdan tashqari standart vaziyatlarda hujumchilarimizga yaqindan ko'maklashishi aniq.

Yarim himoya chizig'imiz katta o'zgarishlarga uchramadi. Bosniyalik Kerim Palich bilan shartnoma muddati yana bir yilga uzaytirilganligi haqida muqaddam malumot bergandik. Jamoa bu yil ham asosiy tarkib o'yinchilari Xudoyshukur Sattorov, SHahzodbek G'ofurbekov, Ibrohim Ibragimov, Damir Temirov, Ergash Ismoilov, Behruz SHodmonovlar xizmatiga tayanadi. O'zbekiston U-20 jamoasi azosi SHahzodbek Nematjonov, istedodli yoshlarimiz Daler SHaripov, Nosir Abdusalomov, jarohatidan forig' bo'lgan Asilbek Qayumovlarga ham umid ko'zi bilan qarayapmiz. Bu poziciyada sog'lom raqobatni yuzaga keltirish maqsadida “So'g'diyona”dan Abdujalil Manazarov hamda  “Paxtakor”dan Rian Islomovlar taklif etildi.

Hujum chizig'ida shartnoma muddatini uzaytirgan Zabixillo O'rinboevning “Metallurg” muvaffaqiyatlarida yordami katta bo'lishiga shubha yo'q. SHuningdek, muxlislarimiz yoqimtoyiga aylangan jamoamiz to'purari Bektemir Abdumannonovdan bu yil ham samarali harakatlarni kutib qolamiz. Ulardan tashqari muxlislarimiz “Metallurg”ning oldingi qatorida “Neftchi”da to'purar bo'lgan Marko Obradovichni ko'rishadi. Legioner futbolchilarning barchasi “Metallurg” tarkibiga Yangi yil bayramidan keyin Bekobodda tashkil etiladigan ikkinchi yig'in davomida qo'shilishadi", deb yoziladi klub xabarida.

“Metallurg”ni kimlar tark etgani malum

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика