So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Abdulraxman bin Musaid: “Bunyodkor”dagi yoshlarning shijoati yuqori" Yangiliklar

Abdulraxman bin Musaid: “Bunyodkor”dagi yoshlarning shijoati yuqori"

“Al-Hilol” azolari “International Tashkent” oteliga joylashishayotgan pallada jamoa etakchisi Yosir Al-Qahtoni bilan suhbatlashishni mo'ljallab turgan edik.
Biroq futbolchi safar davomida toliqqanini aytib, hozir intervyu bera olmasligini tushuntirdi. SHundan so'ng “Al-Hilol” klubi prezidenti – Abdulrahmon bin Musaiddan intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.

- Avvalo, O'zbekistonga xush kelibsiz!

- Bunday chiroyli kutib olgan “Bunyodkor” FKga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, bizni bu erga etib kelishimizda yordam bergan barcha insonlarga rahmat deyman.

- Aytingchi, “Al-Hilol”ning bu yilgi maqsadlari Siz o'ylagandek amalga oshayaptimi?
- Bir oy muqaddam Saudiya Arabistoni chempionati yakunlandi. Afsuski, oltin medallarini ashaddiy raqibimiz – “Al-Nasr”ga berib qo'ydik. Endi bor etiborimizni Osiyo CHempionlar ligasiga qaratganmiz.

- “Al-Hilol” qitamizning eng nomdor jamoalaridan hisoblanadi. Klub deyarli har mavsum OCHLda ishtirok etadi. Nima deb o'ylaysiz, “Al-Hilol”ning qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida g'olib chiqishiga nima to'sqinlik qilayapti?
- Bizda barcha sharoitlar bor. Futbolchilardan faqat chiroyli o'yin va yaxshi natija qayd etish talab etiladi xolos. “Al-Hilol” hamisha yuqori maqsadlarni ko'zlab kelgan. Bu ananamiz keyinchalik ham o'zgarmaydi. Hozirgi paytda tarkibimiz anchayin yoshartirilgan. Yoshi kattalar o'z o'rinlarini asta-sekinlik bilan yoshlarga bo'shatishmoqda. O'ylaymanki, vaqti kelib bosh sovringa albatta ega chiqamiz.

- “Bunyodkor” haqida qanday fikrdasiz?
- “Al-Hilol”ni Osiyo etakchilaridan deb aytib o'tdingiz. O'z navbatida men ham “Bunyodkor”ni qita grandlari safiga qo'shgan bo'lardim. Sizlarning jamoangiz ham hamisha xalqaro maydonlarda yaxshi natijalar qayd etib keladi. Qatarda o'tgan “Al-Jaish” – “Bunyodkor” bahsini tomosha qildim. Ko'rdimki, “Bunyodkor” safida hali o'z so'zini aytishi kutayotgan va kelajagi porloq yoshlar ko'p. Jamoangizning oxirgi soniyalargacha kurashishiga qoyil qoldim.

- “Al-Hilol” va “Bunyodkor” jamoalari 2010 yilgi musobaqaning 1/8 finalida ham uchrashishgan edi. O'shanda Ar-Riyod jamoasi ustun kelgandi. Sizningcha, shundan beri jamoalarda nimalar o'zgardi?
- Ha, o'sha o'yin esimda. Biz Skolari jamoasidan ustun kelgandik. Ochig'ini aytsam, “Bunyodkor”ning yulduzlariga qarshi biz ikki hissa kuchli ishtiyoq bilan o'ynab, “Al-Hilol” ham kuchli klub ekanligini namoyish etgandik. SHuningdek, o'sha paytdagi musobaqa formatiga ko'ra bir uchrashuvlik nimchorak finalni o'z maydonimizda o'tkazgandik. Bu ham albatta bizga qo'l kelgandi. Endi vaziyat boshqacha. Birinchidan g'olib ikki uchrashuv yig'indisiga ko'ra aniqlanadi. Qolaversa, boya aytib o'tganimdek, “Bunyodkor”dagi yoshlarning shijoati yuqoriroq. SHunisi aniqki, juda qiziqarli bahs ostonasida turibmiz.

- Jamoangiz etakchisi, braziliyalik Tiago Nevesning jarohat olib Toshkentga kelmaganligi “Al-Hilol”ga qanchalik tasir o'tkazadi?
- Safimizda 30 nafar futbolchi bor. “Al-Hilol” bitta futbolchiga bog'lanib qolgan klub emas. Nevesning o'rnini to'ldiradigan boshqa futbolchilarimiz bor.


Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика