So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  19 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

Abdulloh Olimov: "Bunyodkor"ga qarshi bahsdagi o'yinimdan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Abdulloh Olimov: "Bunyodkor"ga qarshi bahsdagi o'yinimdan ko'nglim to'ldi"

24-tur yakunlariga ko'ra "Neftchi" futbolchisi Abdulloh Olimov ramziy terma jamoadan o'rin egalladi.
"Bunyodkor"ga qarshi bahsda o'zidan iliq taassurot qoldirgan futbolchi bu haqda saytimizga qisqacha intervyu berdi.

- Albatta "SA" sayti orqali turning ramziy terma jamoasini berib borilishi yaxshi loyiha. Buni har gal kuzatib kelmoqdaman. Rostini aytganda, 24-turning ramziy terma jamoasidan o'rin olishimni kutmagandim. SHu bois bu menga yangilik bo'ldi.

- Jamoamning g'alaba qozonishi uchun har bir uchrashuvda bor kuchim bilan o'ynashga intilaman. "Bunyodkor" bilan bahsda ham astoydil o'ynadim. To'g'ri, shu kuni murabbiylar meni chap qanot himoyasida o'ynatdi. Lekin bu chiziqda men ilgari "Olmaliq"qa qarshi ham o'ynagandim. SHuning uchun hech qanday qiyinchilik bo'lmadi. Qaysi poziciyada bo'lsa ham muhimi asosiy tarkibda o'ynasam bo'lgani.

- "Bunyodkor" bilan o'z maydonimizda durang qayd etdik. Ko'rsatgan o'yinimga kelsak, bunga munosib bahoni muxlislar va mutaxassislar beradi. Lekin shaxsan o'zim qoniqdim deya olaman, - deydi Abdulloh Olimov. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика