So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

Abdulloh Olimov: "Andijon"ni Superligada olib qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz" Yangiliklar

Abdulloh Olimov: "Andijon"ni Superligada olib qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Andijon" jamoasini ikkinchi davrada Abdulloh Olimov sardorlik bog'ichi ostida maydonga olib tushmoqda.

"Navbahor" bilan kechgan "vodiy derbisi"dan so'ng ushbu futbolchiga ayrim savollar bilan yuzlandik va bo'lajak o'yinlar haqidagi fikri bilan qiziqdik.

- "Andijon" jamoasini 16-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "Navbahor" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Albatta bugungi o'yin qiyin va murosasiz kechishini bilar edik, chunki "Navbahor" jamoasi ham ikki o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotgan edi. Bugungi o'yinga bor etiborilarini qaratishini kutgan edik.

- Vodiy derbisidagi durang natija "Andijon" jamoasi uchun qanchalik muhim bo'ldi?

- Biz uchun hozirgi holatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam har bir ochko muhim hisoblanadi. "Andijon" jamoasini Superligada olib qolish uchun bor kuchimizni sarflab ochkolarni yig'ishimiz kerak bo'ladi.

- Siz ikkinchi davradan boshlab "Andijon" jamoasini sardor sifatida olib tushmoqdasiz, bu qanchalik masuliyat talab etmoqda.

- Jamoa sardori bo'lib maydonga tushish juda ko'p masuliyat yukalaydi, murabbiylar va futbolchilar sardorlik bog'ichini menga ishonib topshirishdi va men bu ishonchni oqlashga harakat qilaman. Futbolchilar ruhiy tomondan tushkun kayfiyatga tushib qolmaslik uchun har bir bahsda o'zlariga ishonishlari haqida gapirib kelmoqdaman.

- "Andijon" jamoasi keyingi turda turnir jadvalida yonma-yon borayotgan "Buxoro" jamoasini qabul qiladi, jamoa chempionatdagi dastlabki uch ochkosini qo'lga kirita oladimi?

- Biz hozir har bir o'yinga g'alaba qozonish uchun chiqishga harakat qilyapmiz, chunki jamoamiz Superligada hali g'alaba qozonmadi. Nasib bo'lsa keyingi turda bo'lib o'tadigan "Buxoro" jamoasiga qarshi o'yinda uch ochko olish uchun o'ynaymiz.


Nodirbek Abdullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика