So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Abdulatif Abduqodirov: “Murabbiylarning almashaverishi natijaga tasir qildi” Yangiliklar

Abdulatif Abduqodirov: “Murabbiylarning almashaverishi natijaga tasir qildi”

Ikkinchi davrada “Andijon” safiga kelib qo'shilgan Abdulatif Abduqodirov bir nechta gollarga mualliflik qilib, jamoasi uchun foydali transferlardan biriga aylandi.
Bungacha “NBU-Osiyo”da o'ynab kelgan 27 yoshli hujumchi oliy ligaga qaytib, bu erda ham o'zini ko'rsatishni boshladi. Natijada uni kelasi yil o'z tarkibida ko'rishni xohlovchi klublar soni ortib bormoqda. Futbolchining o'zi bilan suhbatlashib, mavsum yakuni va kelgusi rejalarini bilishga qiziqdik.

- Afsuski “Andijon” oliy ligani tark etdi. To'g'risi, ikkinchi davrada jamoaga kelayotganimda elitada qolishimizga 80 foiz ishongandim. Lekin bir qator muvaffaqiyatsiz o'yinlar natijasida kuchlilar safini tark etdik – deya gap boshladi Abduqodirov.

- Bunga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?
- Jamoada yaxshi yigitlar yig'ilgan. 70 foiz mahalliy o'yinchilardir. Albatta bu tarkib bilan oliy ligada qolishni uddalasa bo'lardi. Biroq murabbiylarning almashtirilishi salbiy tasir o'tkazdi. Futbolda bu narsa muhim sanaladi. Endi yangi murabbiyning o'yin uslubiga moslashib borayotganida, yana o'zgarish qilinishi o'yinchilarga ham tasir o'tkazmasdan qolmaydi. Lekin murabbiylarning birortasini ham bu bilan ayblamoqchi emasman. Ularning har birini o'ziga yarasha ish uslubi bo'ladi. Unga ko'nikish uchun vaqt kerak. Afsuski vaqt bizni kutib turmasdi. Yana shuni ham aytish joziki, birinchi davrada jamoa atiga 4 ochko yig'gandi xolos. Biz futbolchilar imkon qadar jamoani kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolish uchun astoydil harakat qildik.

- Jamoa turnir jadvalida so'nggi pog'onani band etganidan keyin “Andijon”ga o'tganingizdan afsuslanmadingizmi?
- Yo'q, sira ham afsus chekmadim. Aksincha bu erda o'ynab, yana avvalgi sport formamga kirib bordim. Qolaversa “Andijon”dagi faoliyatim yomon kechmadi va shu tariqa oliy liganing boshqa klublarining etiborga tushdim.

- Ha aytgancha, sizga bilishimizcha “Qo'qon-1912” bilan “Mashal” jiddiy qiziqib qolgan ekan. SHu rostmi?
- Xudoga shukur, takliflar yo'q emas. Hozir erkin agentman. Nasib qilsa kelgusi mavsumni ham elitada o'tkazmoqchiman. SHu bois takliflarni ko'rib chiqyapman. Yakuniy qarorga kelsam, darhol sizga etkazaman.

- “Andijon”da o'tkazgan yarim mavsumingiz haqida nima deysiz?
- Andijonda xalq futbolni juda ham sevadi. Muxlislar xatto mashg'ulotlarimizga ham tashrif buyurib, dalda bo'lardi. Albatta bu kabi xolat har qanday futbolchiga zavq bag'ishlasa kerak. Agarda ikkinchi bosqichda har bir o'yinda g'alaba qozonib, oliy ligada qolganimizda bemalol ayta olamanki, tribuna to'lib-toshgan bo'lardi. Fursatdan foydalanib, bizni qo'llab quvvatlab turgan barcha andijonlik ishqibozlarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Nasib qilsa jamoa albatta yana kuchlilar safiga qaytadi va ular istaganidek, yuqori o'rinlar uchun kurashadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика