Abbosbek Fayzullaev: "CSKA asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashishga tayyorman"
10 avg 2023 12:49
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev: "CSKA asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashishga tayyorman"
CSKA yangi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev "RB Sport" nashriga intervyu berdi.
- CSKAga o'tgandan keyin qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirdingiz?
- CSKA safiga qo'shilganimdan juda xursandman. Men jamoaga yordam bermoqchiman.
- Ushbu qadamni qo'yishga qaror qilganingizda nima haqida o'yladingiz?
- Ko'pchilik bilan maslahatlashdim. SHomurodov, qarindoshlarim bilan fikr almashdim.
- SHomurodov sizga yordam berdi, shundaymi? U Rossiya haqida nimalar dedi?
- Yaxshi narsalar haqida aytdi. Menga maslahat berdi.
- CSKAdagi raqobatga tayyormisiz?
- Ha, tayyorman. Asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kurashaman.
19 yoshli Fayzullaev ushbu yozda "Paxtakor"dan CSKAga o'tdi va klub bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan bitim tuzdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar