So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Abbos SHodmonov: “Har bir bahsda ishqibozlarni xursand qilmoqchimiz” Yangiliklar

Abbos SHodmonov: “Har bir bahsda ishqibozlarni xursand qilmoqchimiz”

Joriy yilda kuchlilar safiga qaytgan Muborakning “Mashal” jamoasi, qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini kuchaytirmoqda.

Xususan, “Bunyodkor” o'rinbosarlaridan Jahongir Abdusalomov, “Paxtakor”dan Bobur Asqarov taklif etildi. SHuningdek, o'tgan mavsumni “Dinamo”da o'tkazgan Abbos SHodmonov ham muborakliklar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Tajribali futbolchi bugun o'tkazilgan “Lokomotiv”ga qarshi nazorat bahsidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Qizg'in ruhda hozirlik olib bormoqdamiz. Barcha jamoalar qatori o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazyapmiz. Asosan, sport formasiga va jamoaviy o'yinni tezroq yo'lga qo'yib olishga etibor qaratyapmiz. Hech kim Superligada jon saqlab qolish uchun yoki oxirgi o'rinlarni egallash uchun qatnashmaydi. Barcha, iloji boricha tepa pog'onalarni ko'zlaydi. Biz ham yaxshi niyatlar bilan mavsumni boshlash arafasidamiz. Tarkibda iqtidorli va kuchli ishtiyoqga ega yoshlar ko'p. Albatta, Superliga havosidan nafas olgan, kuchli o'yinchilar yo'q emas. Ahil oila bo'lib, yagona maqsad ostida birlasha olsak o'ylaymanki, maqsadimizga erishamiz. Har bir uchrashuvda muxlislarimizni xursand qilishga borimizni beramiz”,- dedi futbolchi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика