So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Abbos Ergashev: "Yangier" va "Buxoro" o'rtasidagi farq sezilgani yo'q" Yangiliklar

Abbos Ergashev: "Yangier" va "Buxoro" o'rtasidagi farq sezilgani yo'q"

"Yangier" jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Abbos Ergashev O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- "Buxoro" - Superliga jamoasi. Uchrashuvga raqibning darajasini hisobga olgan holda tayyorlandik. O'yinda Superliga va Birinchi Liga o'rtasidagi farq sezilmadi, jamoamiz o'z o'yini bilan bu gaplarni olib tashladi va bor kuchi bilan harakat qildi.  Yomon o'yin ko'rsatmadik, deb o'ylayman. Qo'l ostimizdagi jamoa futbolchilaridan boricha foydalandik. 

- Superliga jamoasiga qarshi o'yin ko'rsatishda nimalarga etibor berdingiz?

- "Buxoro"ga yangi bosh murabbiy kelganidan keyingi o'yinlarini tomosha qilib chiqdik. Ular ko'proq pozicion o'yin ko'rsatishga va ko'proq uslublardan foydalanishga harakat qilishyapti. SHunga qarab tayyorlandik. Jamoamiz bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov betobligi sababli o'yinga kela olmadi. Jamoani o'yinga tayyorlashda bosh murabbiyning o'rni katta bo'ldi. 

- So'nggi turlarda yaxshi o'yin namoyish qilgan Abdumutal Tursunqulovni ikkinchi bo'limda maydonga tushirishdan maqsad nima edi?

- Bugun tarkibni shunday tuzdik. Ikkinchi bo'limda ko'proq hujum qilib, g'alaba qozonmoqchi edik. 

- Eshitishimizga qaraganda, Jahongir Jiyamurodov jamoani shug'ullantirmayapti va u jamoadan ketgan ekan.

- Bu gap haqida hech nima bilmayman. Jamoaning bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov. Agarda biror yangilik bo'lsa, elon qilinadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика