Aaron Remzi "Kardiff Siti"ning o'ynovchi murabbiyi bo'ladi
21 apr 12:19
Yangiliklar
Aaron Remzi "Kardiff Siti"ning o'ynovchi murabbiyi bo'ladi
"Arsenal" sobiq futbolchisi, Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi mavsum oxirigacha "Kardiff Siti"ning o'ynovchi murabbiyi vazifasini bajaradi.
Remzi bosh murabbiy Omer Rizaning o'rnini egallaydi va uch o'yinda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatadi.
Remzi joriy mavsum "qaldirg'ochlar" safida 10 ta o'yinda ishtirok etgan.
Hozirda "Kardiff" 42 ochko bilan Chempionship turnir jadvalida 23-o'rinda turibdi.
Aaron Remzi – "Kardiff" tarbiyalanuvchisi. Faoliyatining asosiy qismini London "Arsenal"ida o'tkazgan. 2008-2019 yillarda "to'pchilar" safida 262 o'yin o'tkazib, 40 ta gol urgan. Shundan so'ng "Yuventus" va "Reynjers" kabi klublarda harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar