A seriyada peshqadamlik qilayotgan “Napoli” muxlislari bir nechta policiyachini jarohatladi
07 jan 2018 11:46
Yangiliklar
A seriyada peshqadamlik qilayotgan “Napoli” muxlislari bir nechta policiyachini jarohatladi
Italiya A seriyaning 20-turidan o'rin olgan “Napoli” - Verona” o'yinida ko'ngilsiz voqea kelib chiqdi. Mezbonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yin vaqtida neapollik muxlislar “Verona” fanatlariga hujum uyushtirdi.
Muxlislar o'rtasidagi dahanaki janjalni to'xtatishga otlangan policiya vakillarining o'zi jiddiy qarshilikka duch keldi. Italiya ommaviy axborot vositalari bergan xabarga ko'ra, to'qnashuv natijasida bir qator policiyachilar turli darajada tan jarohati olgan.
Tez orada Italiya futbol federaciyasi bu ishni ko'rib chiqadi. 15 daqiqa davom etgan to'qnashuvlar oqibatida “Napoli” A seriya o'yinlaridan birini muxlislarsiz ham o'tkazishi mumkin.
Fikrlar