So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

A Seriya. "Roma" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, SHomurodov maydonga tushmadi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi, SHomurodov maydonga tushmadi

A Seriyaning 17-turidan o'rin olgan "Roma" - "Speciya" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Roma – Speciya 2:0

14 dekabr, 00.45, "Stadio Olimpiko"

Gol: Smolling (6, 1:0), Ibanes (56, 2:0).

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling (Diavara, 64), Kumbula, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Bove, 90), Kristante, Mayoral (Afena-Gyan, 64), Abraxam.

Speciya – Provedel, Nikolau, Amyan, Erlich, Sala (Kiver, 17), Reca, Kovalenko (Agudelo, 53), Majore (Bastoni, 53), Jasi, Manay, Strelec (Verde, 53).

Ogohlantirish: Vinya (54), Kumbulla (65), Afena-Gyan (70), Jasi (90).

CHetlatish: Afena-Gyan (90+3).

Roma

Chris Smalling - 6', Roger Ibanez - 56'

Serie A . 17-tur

14/12/2021, 00:45

0
:
2
Tugadi

Spezia

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 43000 tomoshabin

Bosh hakam: Alessandro Prontera

45'
90'
6'  Chris Smalling
6'  Tammy Abraham
54'  Matias Vina
56'  Roger Ibanez
56'  Jordan Veretout
64'  Borja Mayoral (Felix Afena-Gyan)
64'  Chris Smalling (Amadou Diawara)
65'  Marash Kumbulla
70'  Felix Afena-Gyan
90'  Jordan Veretout (Edoardo Bove)
90'  Felix Afena-Gyan
17'  Jacopo Sala (Jakub Kiwior)
53'  Viktor Kovalenko (Kevin Agudelo)
53'  Giulio Maggiore (Simone Bastoni)
53'  David Strelec (Daniele Verde)
62'  Rey Manaj
90'  Emmanuel Quartsin Gyasi





YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+3. GOOOOOOOOLLLL!!! YO'O'O'QQQ!!! Afena-Gyan gol urgandi. Ammo u to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun qizil kartochka oldi. Yosh hujumchi baland tog'ga chiqdi-yu, o'zini jarlikka tashladi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Yo'q, rimliklar bu safargi kornerdan foydalana olmadi.

88. "Roma" burchak zarbasi ishlab oldi.

81. Ibanes so'nggi chiziqda yiqilib tushdi va to'pni raqibiga oldirdi. Manay esa raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borganda Ibanesning o'zi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

78. UXXXXXXXXX!!! "Speciya" bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmadi. Ikki vaziyatda Patrisiu jamoasini goldan saqlab qoldi. Oxirgi zarba oldidan offsayd ham qayd etildi.

75. ZARBAAAAAAA!!! Abraxam 4-5 metrdan darvozaga sekin zarba yo'lladi. Provedel to'pni oyog'i bilan qaytarib yubordi.

72. Mxitaryanda ham golli vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo u darvozani ishg'ol qila olmadi.

70. Hozirgina maydonga tushgan Afena-Gyan sariq kartochka ishlab oldi.

67. Mxitaryanning zarbasi noaniq ketdi.

VAR ishga tushdi. Ehtimoliy qizil kartochka ko'rib chiqilmoqda.

65. Raqib hujumini keskin foli bilan to'xtatgani uchun Kumbulla ogohlantirildi. "Speciya"da standart.

Ha, kutilganidek, gol inobatga olinmadi. Offsayd bor edi Manayda.

62. GOL!! Manay hisobni qisqartirmoqda. Offsayd bordek ko'rinmoqda.

60. SHomurodov maydon chetida mashg'ulotlarni olib bormoqda. Mourino esa himoyachi Diavaraga ko'rsatmalar bermoqda.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Burchakdan uzatilgan to'rni Rojer Ibanes boshi bilan kuchli zarba yo'llab, darvoza to'riga mixlab qo'ydi.

55. ZARBAAAAAAA!!! Manay 100 foizlik imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Patrisiudan seyv!

52. "Roma" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.

50. "Roma" hujumga o'tdi. Vinya raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek ko'ringandi. Ammo bosh hakam hech nima yo'q deb hisobladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. ZARBAAAAAAAAAA!!! Vinya qanotdan to'pni oshirdi, Abraxam boshi bilan zarba yo'lladi, to'pni to'sin qaytardi. Ikkinchi zarbani futbolchi qaytardi, uchinchisi esa burchakka chiqarib yuborildi. SHu orqali hakam hushtakni chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

Bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

42. Ibanes qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichidagi Mayoralga oshirgandi. Ammo to'p Borxaga etib bormadi.

40. Jamoalar yana sokin o'yin ko'rsata boshlashdi. "Roma" to'pni raqiblariga topshirib qo'ygan.

35. ZARBAAAAAA!! Manay Patrisiu bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. Rui jamoasini goldan saqlab qoldi.

33. "Speciya" hujumga o'tdi. Qanotdan oshirilgan to'pni Smolling osonlik bilan qaytarib yubora oldi.

31. UXXXXXX!!! Kristantening qanotdan oshirgan to'pini Abraxam chalqancha uslubda zarba yo'llashga urinib ko'rdi. To'p uning oyog'iga tegmay qoldi.

28. O'yin tempining pastligini inobatga olib, vaziyatlar bo'lmayotganini sezib turibsiz.

25. ZARBAAAAAAAA!! Abraxamning pasidan keyin Vinyaning chiroyli zarbasini Provedel chiroyli qaytardi.

24. Kristante Abraxamga ajoyib pas bergandi. Ammo, angliyalik forvard raqibini aldab o'ta olmadi, pas ham o'xshamadi va to'pni yo'qotdi.

22. "Speciya" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Smolling qaytardi. Zarbani esa Kumbulla.

18. "Roma" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Mxitaryanning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

15. "Speciya" futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. U maydonda yotib oldi.

13. UXXXXXX!!! "Speciya" posboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Mayoral esa to'pni olib qo'yishga ulgurmadi. Erlik vaziyatni bartaraf qildi.

10. O'yin tempi sekinlashdi.

6. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Burchakdan uzatilgan to'pga Abraxam boshi bilan zarba yo'lladi. Smolling esa havodagi to'pni darvozaga kiritib yubordi!

4. "Roma" xavfli hujum uyushtirdi. Darvozabon zarbani qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Olimpiko"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Joze Mourino boshchiligidagi "Roma" "Speciya"ni qabul qiladi. Bahs 00:45da start oladi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика