So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

A Seriya. "Roma" "Atalanta" maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" "Atalanta" maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Teglar :  AtalantaRoma
Italiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Atalanta" - "Roma" uchrashuvi yakunlandi.

"Atalanta" — "Roma" 1:4

Gol: 0:1 – 1 Abraxam, 0:2 – 27 Zanolo, 1:2 – 45, avtogol Kristante, 1:3 – 72 Smolling, 1:4 – 82 Abraxam.

Atalanta – Musso, Xatebur (Dzappakosta, 78), Palomino, Toloi, Gimshiti (Muriel, 34), Peccella (Mele, 78), de Ron, Froyler, Ilichich (Malinovskiy, 46), Pashalich (Miranchuk, 64), Sapata.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (Kalafori, 89), Veretu (Kumbula, 90), Kristante, Dzanolo (SHomurodov, 69), Abraxam (Bove, 90).

Ogohlantirishlar: de Ron (7), Dzanolo (9), Rojer (49), Manchini (74).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Roma" "Atalanta" maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi. Menimcha, rimliklarning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ldi, ayniqsa, ushbu turda ochko yo'qotmaslik muhim edi, "Atalanta" esa mag'lubiyatdan so'ng o'z o'rnini boy berib qo'yishi mumkin.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Roma"da o'zgarish: Kalafori Mxitaryan o'rniga bahsga qo'shildi.

88. Malinovski bugun eng ko'p zarba muallifligiga nomzod. Patrisiu esa eng ko'p seyv muallifligiga.

86. SHomurodov hujumda to'pni oldirib qo'ydi.

84. ZARBA! Malinovski chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Abrahamdan dubl! SHomurodov o'ng qanotdan boshladi, Eldor to'pni markazga Veretuga oshirdi, undan so'ng Abraxamga to'p kelib tushdi. Temmi esa aylanma zarba bilan hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

77. SHomurodov himoyachi rolida. Eldor burchak to'pini oldini oldi, to'p yon chiziqdan o'yinga kiritiladi.

74. Manchini hakam tomonidan ogohlantirildi. Mezbonlarda yana bir standart.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Smolling! Standart vaziyatdan so'ng Kris katta tezlikda oldinga yugurdi hamda oyog'i bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Eldorning qadami qutlug' keldi.

71. SHomurodov Abraxamni to'p bilan taminlamoqchi edi, Musso to'pni egallab oldi.

70. Nihoyat! SHomurodov Zaniolo o'rniga maydonga tushdi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Hisob tenglashmoqda! Muriel! Burchakdan uzatga to'pga Muriel bosh bilan zarba berdi, to'p yo'l-yo'lakay Kristantega tegdi. Biroq hakam VAR bilan suhbatlashib, golni bekor qildi. Ofsayd.

65. Karsdorp Abraxamni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishi mumkin edi, himoyachilar to'pni qaytardi, qaytgan to'pga esa Zaniolo to'xtatmasdan noaniq zarba berdi.

64. Miranchuk Pashalich o'rniga bahsga qo'shildi.

64. Zaniolo ketma-ket ikkinchi marta to'pni oldirib qo'ydi.

61. Malinovski olisdan zarba yo'lladi, to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi.

60. Karsdorp o'ng qanotda tezlik olib, jarima maydoniga to'pni etkazgandi, "Atalanta" himochilari to'pni qaytardi.

58. Mxitaryanni yiqitib charchashmayapti bugun mezbonlar. 

56. Rojer himoyada faol. Futbolchi raqiblarini yiqitib bo'lsa-da, o'tkazib yubormayapti.

55. "Roma" qarshi hujum tashkillashtirdi. Veretu hujumni sekinlashtirib qo'ydi.

53. Zaniolo chap oyoqda zarba yo'lladi, Musso o'z o'rnida.

STOP!

50. ZARBA! Malinovskiyning jarima zarbasidan so'ng Patrisiu seyv ijro etdi.

49. Rojer o'z ishini boshladi. Qo'pollik uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

47. "Atalanta" burchak zarbasi ijro etdi. Ushbu standart bo'yicha ko'rsatkich: 5-0

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Atalanta" o'zgarish bilan ikkinchi bo'limni boshladi: Malenovski Ilichich o'rniga maydonga tushirildi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. "Atalanta" ikkinchi bo'lim oldidan vaziyatni engillashtirib oldi. Endi ikkinchi bo'limda kurashlarga boy o'yin kutamiz. Ikkala jamoa ham o'ziga mos uslubda yana gol urishga harakat qilib ko'radi. "Atalanta" hujumkor, "Roma" esa sevimli qarshi hujumlar evaziga.

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Murielning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p rekashet natijasida Patrisiuni chalg'itgancha darvoza to'riga borib tushdi. Intriga qaytdi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Smollingning xatosidan so'ng Ilishich jarima maydoniga to'pni oshirdi, rimliklar amallab vaziyatni bartaraf etishdi.

42. Sapata raqib jarima maydonida yiqildi. Biroq hujumchi to'pni qo'li bilan o'ynagani ayon bo'ldi.

39. Endi Veretu maydonda yotibdi. Hozircha shifokorlar futbolchilardan kam masofa bosib o'tishmayapti.

37. Karsdorp jarohat olgan ko'rinadi. Futbolchi shifokorlar yordamida oqsoqlangan holda maydonni tark etdi.

34. "Atalanta"da o'zgarish: Gimshiti o'rniga Muriel maydonga tushdi. Gasperini hujumga etibor bermasa o'yinni o'zgartirish qiyinligini anglab etdi. MOurino shogirdlari esa qarshi hujum uslubini davom ettiradi.

31. Ibanes Ilishichni yiqitdi. Burchakka yaqin nuqtadan amalga oshirilgan jarima zarbasini "Roma! futbolchilari bartaraf etdi. "Roma" qarshi hujumga tayanmoqda. Ikkinchi gol ham aynan qarshi hujum natijasida yuzaga keldi.

30. Toloining zarbasidan so'ng yana Patrisiu jonbozlik ko'rsatdi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Zaniolo oradagi farqni oshirmoqda. Veretu bilan kombinaciya natijasida Zaniolo jarima maydoniga kirib bordi hamda chap oyoqda darvoza to'rlarini titratdi.

27. Ikki jingalaksoch raqib to'qnashib ketdi.

25. Abraxam Mxitaryanni birga-bir vaziyatga chiqarib yuborishi mumkin edi. Uning uzatmasi kutganidan ko'proq tezlik olib ketdi.

24. Zaniologa olisdan oshirilgan to'pni Musso egallab oldi.

22. Burchak zarbasidan so'ng "Roma" futbolchisi qo'l bilan o'ynagani ko'rinadi. Hakam VAR bilan gaplashib, penalti yo'q og'aynilar dedi.

20. ZARBA! "Atalanta" futbolchisining kuchli zarbasidan so'ng Patrisiu jon holatda to'pni qaytardi.

20. Abraxam raqibining uzatmasini to'xtatolmadi.

18. Mxitaryan to'p uchun kurashda raqibidan tarsaki edi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

17. "Atalanta" xavfli hujum tashkil qildi, mehmonlar bir amallab vaziyatni bartaraf etishdi.

15. Daqiqasiga raqiblar bir-birini ag'anatishmoqda. Navbatdagi jabrdiyda Mxitaryan.

12. Zaniolo yana o'yin qoidasini buzdi. Hakamning jahli chiqsa, qorbobo kiyimi rangidagi rojdestvo sovg'asi berib yuborishi mumkin.

9. Zaniolo ogohlantirildi. O'yin futboldan ko'ra regbiga tortmoqda ko'proq.

9. Veretuning zarbasi yuqorilab ketdi.

7. De Ron Zanioloni yiqitgani uchun ogohlantirildi. Golga tortadigan standart vaziyat bzaga keldi.

5. Smolling raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Abraham!!! Mana SHomurodov nega zaxirada o'tiribdi. Zaniolo bilan kombinaciya uyushtirgan hujumchi to'rt futbolchi orasidan raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Kung-fu futbol filmiga nomzod

Hammasi yaxshi bo'ladi demoqda Joze amaki

Bugun mana bu futbolchini ham maydonda ko'ramiz degan umiddamiz.

Jamoalar o'rtasida so'nggi 20 bahsning 7 tasida "Atalanta" g'alaba qozongan bo'lsa, yana shuncha o'yinda durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda rimliklarning qo'li baland kelgan.


Ayni damdagi turnir jadvali holat


Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli tomosha guvohi bo'lamiz degan umiddamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика