So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  2 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  4 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

A PRO-liga. Dastlabki 3ta turning statistikasi Yangiliklar

A PRO-liga. Dastlabki 3ta turning statistikasi

Teglar :  PRO-ligaStatistika
Superligadan keyingi pog'onada turuvchi A PRO-ligada 3ta tur o'yinlari ortda qoldi.

Bu yil ushbu ligada 8ta klub ishtirok etmoqda.

Ortda qolgan uchta turdan so'ng musobaqa jadvalining yuqorisida "Xorazm" va "Mashal" klublari joylashishgan. Ularning hisobida 7tadan ochko mavjud. Keyingi o'rinlarda 6tadan ochkoga ega bo'lgan "Istiqlol" va "SHo'rtan" klublari borishmoqda.

Uchta o'yinning barchasida mag'lub bo'lgan "Oq-tepa" klubi hisobida hozircha ochko yo'q va toshkentliklar so'nggi pog'onadan joy olishgan.



O'yinlar: 12
Gollar: 33
Mezbonlar gollari: 18
Mehmonlar gollari: 15
Mezbonlar g'alabasi: 6
Durang: 1
Mehmonlar g'alabasi: 5
Bitta o'yin uchun o'rtacha gol: 2,75
Golsiz o'yinlar: 0
Jami tomoshabinlar: 11504
Bitta o'yin uchun o'rtacha tomoshabin: 959
Penalti belgilandi: 7
Penaltidan gol urildi: 6
Avtogollar: 2
Ogohlantirishlar: 47
Bitta o'yin uchun o'rtacha: 3,92
CHetlatish: 1
Bitta o'yin uchun o'rtacha: 0,08
O'yinchilar maydonga tushdi: 145 nafar



Eng ko'p gol urgan klub: "Istiqlol" - 7ta
Eng kam gol urgan klublar: "Oq-tepa" va "SHerdor" - 2tadan
Eng ko'p gol o'tkazgan klublar: "SHo'rtan" va "Iftixor" - 7tadan
Eng kam gol o'tkazgan klublar: "Xorazm" - "Mashal" - 1tadan
Eng qo'pol klub: "Oq-tepa" - 1ta qizil, 7ta sariq kartochka
Eng ko'p kartochka olgan klub: "Neftchi" - 9ta
Eng kam kartochka olgan klub: "SHo'rtan" - 3ta
Eng ko'p penalti tepgan klub: "Istiqlol" - 3ta
Penalti tepmagan klublar: "Xorazm", "SHo'rtan", "Oq-tepa", "SHerdor" va "Iftixor"
Darvozasiga eng ko'p penalti tepilgan klub: "Neftchi" - 2ta
Darvozasiga penalti belgilanmagan klublar: "Mashal" va "Iftixor"
O'yinlariga eng ko'p tomoshabin kelgan klub: "Istiqlol" - 1485 (3ta uchrashuv)
O'yinlariga eng kam tomoshabin kelgan klub: "Oq-tepa" - 443 (3ta uchrashuv)



To'purarlar
3ta

Hamidullo Abduhamidov ("Neftchi")

2ta
Dostonbek Bobojonov ("Iftixor")
Islombek Karimov ("Neftchi")
Abdulla Nabiev ("SHerdor")
SHerzod Temirov ("SHo'rtan")
Anvar Xojimirzaev ("Istiqlol")
Sardor Sotvoldiev ("Istiqlol")
SHokir Yo'ldoshev ("Mashal")



Hakamlar
Dastlabki uchta turda jami 8 nafar bosh hakam ishladi. Eng ko'p penalti belgilagan hakam Jasur Muxtorov (3ta) bo'ldi. Etiborlisi eng ko'p sariq kartochkani ham aynan shu hakam ko'rsatdi - 9ta. Hozircha yagona bo'lib turgan qizil kartochkani Rustam Lutfullin "Oq-tepa" futbolchisiga ko'rsatdi. Bitta uchrashuvda ishlagan Ishoq Ibragimov sariq kartochkasini atigi bir marta ishga soldi xolos.

Jasur Muxtorov, SHavkat Nasibullaev, Olim To'ychiboev va Asker Najafaliev ikkitadan uchrashuvda ishlashdi. Ishoq Ibragimov, Firdavs Norsafarov, Rustam Lutfullin va Elyor Tursunov hisobida bittadan o'yin bor.



Darvozabonlar
Dastlabki uchta turda "Xorazm" posboni G'ayrat O'daev va "Mashal" darvozaboni Doston To'xtaboev o'z darvozasidan eng kam 1ta gol o'tkazib yuborishdi. Aynan ular ikkita uchrashuvni quruq o'tkazishdi. Eng ko'p golni esa "Iftixor"ning yosh posboni Malik-Abdulaziz Burxonov o'tkazib yubordi - 7ta. Hozircha faqat "Istiqlol" darvozaboni Rustam Nartadjiev penaltidan yo'llangan zarbani qaytardi.

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика