So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

A PRO-Liga. 5 ta gol urilgan uchrashuvda “Istiqlol” g'alaba qozondi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-Liga. 5 ta gol urilgan uchrashuvda “Istiqlol” g'alaba qozondi (batafsil sharh)

Pro-Liga "A" guruhi 2-turida Istiqlol va Neftchi” jamoalari o'rtasida Farg'ona viloyati derbisi o'tkazildi.

Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari vakillari faol boshladilar. Birinchi bo'limning 4-daqiqasidayoq “Istiqlol” jamoasining 17-raqamli futbolchisi Anvar Hojimirzaevga ishlatilgan qo'pollik uchun bosh hakam Jasur Muxtorov “Neftchi” darvozasiga 11 metrlik jarima to'pi belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Elyor Akbarovning zarbasini “Neftchi” posboni qaytara olmadi va uchrashuvda hisob ochildi – 1:0.




SHundan so'ng “Neftchi” vakillari hujumkorlikni oshirishdi. 19-daqiqasiga kelib, “Istiqlol” jamoasi vakillari o'z jarima maydonlari ichida “Neftchi” futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatishdi va bosh hakam endi “Istiqlol” darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu vaziyatda Tajribali futbolchi Nosir Otaqo'zievning zarbasini “Istiqlol” posboni Rustam Nartadjiev mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi.

Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan pallada “Neftchi”ning yosh futbolchisi Islombek Karimov jarima zarbasidan “Istiqlol” darvozasini ishg'ol etib, hisobni tenglashtirdi – 1:1


Birinchi bo'lim shu tariqa 1:1 hisobida yakuniga etdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham ko'plab vaziyatlarga boy bo'ldi. “Neftchi” vakillari raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, qarshi hujumda “Istiqlol” vakillari samaraliroq o'yin namoyish etishdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida yana “Istiqlol” vakillari hisobda oldinga chiqib olishdi. Qarshi hujumda ajoyib harakat qilgan Anvar Hojimirzaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va “Neftchi” darvozasiga gol kiritdi – 2:1. 74-daqiqada “Neftchi” vakillari o'z jarima maydonlari ichida yana o'sha Anvar Hojimirzaevga nisbatan qo'pollik ishlatishdi va bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. “Istiqlol” futbolchisi Sardorbek Sotvoldiev ham 11 metrlik jarima zarbasida adashmadi va gol urdi, hisob – 3:1 . Uchrashuvning 79-daqiqasida zahiradan o'yinga qo'shilgan Xurshidbek Asqaraliev faol harakat qilib, “Istiqlol” darvozasini ishg'ol qildi 3:2.

SHundan so'ng uchrashuv yakuniga qadar “Neftchi” jamoasi vakillari hisobni tenglashtirish uchun, astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, ketma-ket hujumlar samarasiz yakunlandi.

Uchrashuv shu tariqa “Istiqlol” jamoasining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.



PRO-liga. "A" guruhi.
2-tur
«Istiqlol» – «Neftchi» 3:2 (1:1)
Gollar:
Elyor Akbarov pen. 4 (1:0), Islombek Karimov 45, (1:1), Anvar Hojimirzaev 61, (2:1), Sardorbek Sotvoldiev 75 pen. (3:1), Xurshidbek Asqaraliev 79, (3:2)
Hakamlar: Jasur Muxtorov, S.Ulfatov, A.Capenko, Muhammadsulton Fozilov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
Komissar: J.Imomov.

«Istiqlol»: 1. Rustam Nartadjiev, 22. Sardor Telyakov, 3. Farruh Ibrohimov, 8. Sardor Sotvoldiev, 9. Abduqodir Artiqov, 10. Elyor Akbarov, 17. Anvar Xojimirzaev, 13. Timur Sultonov, 14. Rustam Abduhamidov, 20. Ulug'bek Xudoberdiev, 30. Eldor Ergashev.
Zaxira: 12. Jasur Abdullaev, 4. Jasur Ermamatov, 6. Ilhom Alijonov, 7. Riza Ayvazov, 11. Anvar Berdiev, 19. Fayzullo Jumanqo'ziev, 21. Elyor Mamasoliev, 2. SHerzod Sodiqjonov, 77. Umid Qodirov

«Neftchi»: 12. Muzaffar Abdullaev, 4. SHodiyor Xojimatov, 6.Baxodir Akramov, 7. Islom Toshpo'latov, 9. Nosirbek Otaqo'ziev, 11. Xamidullo Abduxamidov, 13. Jamshid Qobulov, 15. Mirjamol Nematov, 18. Davronbek Isaqov, 20. Dilyor Irmatov, 77. Islombek Karimov
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 5. Ruslan Melziddinov, 8. Doston Abdurahmonov, 10. Xurshid Asqaraliev, 19. Alisher Abduvoxidov, 22. Igor Taran

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика