95:0, 91:1 hisobida yakunlangan o'yinlar bo'yicha ish ochildi
06 iyu 2022 09:37
Yangiliklar
95:0, 91:1 hisobida yakunlangan o'yinlar bo'yicha ish ochildi
Serra-Leone ikkinchi divizionida "Kaxunla Reynjers" jamoasi "Lumbebu Yunayted"ni 95:0, "Galf" esa "Kokima Livan"ni 91:1 hisobida mag'lub etgan. Bunday natija mamlakat futbol amaldorlarida ko'plab savollarni keltirib chiqargan.
Ushbu o'yinlarning birinchi bo'limi 2:0 va 7:1 hisobida yakunlangandi.
Tashkilot rasmiy saytida malum qilinishicha, bu bo'yicha tergov ishlari olib boriladi.
Qizig'i, bunga bukmekerlik faoliyatining aloqasi yo'q. O'yinlar bir vaqtda boshlangan, yuqori divizionga chiqish uchun kurashayotgan "Kaxunla Reynjers" va "Galf" jamoalari hisobida bir hil ochko bo'lgan. Sabab - to'plar nisbatidagi raqobat.
Yana bir fakt shuki, "Galf" - "Kokima Livan" o'yini hakami tanaffus vaqtida o'yinni davom ettirishni istamagan va uning o'rniga boshqa hakam ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar