So’nggi yangiliklar

15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0

90-yillar futboli. Xosep Gvardiola Yangiliklar

90-yillar futboli. Xosep Gvardiola

Tarixiy suratlarda aks etgan futbol yulduzlarini eslashda davom etamiz.

Hozirgi kunda "Bavariya" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan ispaniyalik Xosep Gvardiola 1971 yilning 18 yanvarida Ispaniyaning Santpedor shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatida himoyachi sifatida o'ynagan. U professional faoliyatini "Barselona" safida boshlagan. 1990 yildan 2001 yilga qadar Kataloniya klubida o'ynagan. 2001-2002 yilgi mavsumda Italiyaning "Breshia" klubida faoliyat olib borgan. 2002-2003 yilda "Roma"da, 2003 yilda yana "Breshia"da to'p tepgan. 2003-2005 yilda Qatarning "Al Ahli" klubida o'ynagan. Gvardiola faoliyatini 2006 yilda Meksikaning "Dorados" klubida tugatgan edi.

Ispaniya milliy terma jamoasi safida 47ta o'yin o'tkazib 5ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyatini "Barselona B"da boshlagan. 2008-2012 yillarda "Barselona"da ishlagan. 2013 yildan buyon Germaniyaning "Bavariya" klubini boshqarib kelmoqda.

Futbolchilikdagi yutuqlari:
1992 yilgi Olimpiada o'yinlari g'olibi, 6 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Ispaniya kubogi sohibi, 4 karra Ispaniya Superkubogi sohibi, ECHL g'olibi, Kubok egalari kubogi sohibi, 2 karra Evropa Superkubogi sohibi.

Murabbiylikdagi yutuqlari:
Jamoaviy: 3 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Ispaniya kubogi sohibi, 3 karra Ispaniya Superkubogi sohibi, 2 karra ECHL g'olibi, 3 karra Evropa Superkubogi sohibi, 3 karra klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi, 2 karra Germaniya chempioni, Germaniya kubogi sohibi.
SHaxsiy: 4 karra Ispaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi, 2011 yil FIFA talqiniga ko'ra Jahonning eng yaxshi murabbiyi, 2 karra IFFHS talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi, 2 karra World Soccer gazetasi talqiniga ko'ra eng yaxshi murabbiyi.


Suratda futbolchi Xosep Gvardiola Evropa CHempionlar ligasi va Evropa Superkubogi kuboklari bilan (1992 yil)


90-yillar futboli: 1999 yilgi ECHL finali

90-yillar futboli: Kristian Veri va Ronaldo

90-yillar futboli. Gollandiya-1995

90-yillar futboli: Terri Anri

90-yillar futboli. Alessandro Del Pero va Filippo Inzagi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика