So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"8+3". "Terma jamoa hech qachon kuchli bo'lmagan, eng yaxshi murabbiy esa Rauf aka..." (14-son) Yangiliklar

"8+3". "Terma jamoa hech qachon kuchli bo'lmagan, eng yaxshi murabbiy esa Rauf aka..." (14-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal jurnalist, "Barsa"ning ashaddiy muxlisasi Dildora Holbaeva bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik. 

1. Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- SHubhasiz Leo Messi. Uni har jihatdan chuqur hurmat qilaman.

2. Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Messining har bir goli chiroyli. Ammo eng yodimda qolgani Messining "Real" darvozsiga urgan goli edi. Qiyin kechgan o'yinda "Barselona" g'alaba qozongan (2017 yil, 2:3).


3. Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? (masalan, xarakter yoki etibori bilan)

- Aynan bir kishini ko'rsatish juda ham qiyin. Agar aytish kerak bo'lsa, Inesta, Xavi va Messi boshqalardan ajralib turadi. Bu insonlarda haqiqiy vatanparvarlik, klubga bo'lgan sadoqat yaqqol ko'rinib turadi. 

4. O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Rauf Talgatovich Inileevni ko'rsatgan bo'lar edim. U 2007 yilda Osiyoning eng yahshi murabbiyi bo'lgan. Rauf aka bilan Osiyo kubogi chorak finaligacha borib, Saudiya Arabistoniga 2:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz.

5. Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- Menimcha, eng yaxshi terma jamoa hali oldinda. Qachon Jahon chempionatiga chiqsak, o'shanda kuchli ekanligimizni anlatadi. SHu paytgacha bo'lgan terma jamoamiz kuchli bo'lmagan, ularga har doim nimadir etishmagan. 

6. Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Aynan bitta jihatini aytolmayman. 

7. Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- Fikrim juda ijobiy. O'z sevgan kasbi bilan shug'ullanishga ayollar ham haqli. Ularning o'yinlarini har doim kuzatishga harakat qilaman.

8. O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Ter SHtegen, Dani Alvesh, Pike, Karles Puyol, S. Buskets, Xavi, Inesta, Messi, Neymar, Suares.

9. Hayotdagi kumiringiz kim?

- Futbolda - Messi. Umuman aytadigan bo'lsam - onam. 

10. O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Vaqtim juda kamligi. Har bir ishii ideal darajada bo'lishini istayman. SHuning uchun injiqman.

11. Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Futbolga kirib kelishim. Qiziqish ortidan bu meni kasbimga aylangan bir soha bo'ldi. Futbol menga juda katta imkoniyatlarni olib kelgan. Ko'p odamlar bilan tanishdim, yangi joylarni kashf qildim. Bunda championat.asia'ning hissasi juda ham katta. Bitta jurnalistga kerak bo'ladigan barcha imkoniyatlar eshigini ochib bergan. Bu uchun ularga rahmat aytaman.

"8+3". "Men tanqidchi emasman, juda ham injiqman" (13-son)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика