So’nggi yangiliklar

15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  1 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  1 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   70 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  42 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  20 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  18 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  4 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  14 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  4

669ta o'yinda 9 murabbiy va 8ta LaLiga sovrini. Inestaning "Barselona"dagi faoliyati raqamlarda Yangiliklar

669ta o'yinda 9 murabbiy va 8ta LaLiga sovrini. Inestaning "Barselona"dagi faoliyati raqamlarda

Teglar :  Andres Inesta
Kecha, 27 aprel kuni "Barselona" anjumanlar zalida yarim himoyachi Andres Inesta mavsum oxirida klubni tark etishi haqida maulm qildi.

SHu munosabat bilan Inestaning Kataloniya klubidagi faoliyati borasida bazi statistik malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.


669 - Inesta "Barselona" safida barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 669ta uchrashuv o'tkazgan, faqat Xavi klub tarixida undan ko'p o'yin o'tkazgan (767) yagona futbolchi.


456 - 669ta o'yinning 456tasi g'alaba bilan yakunlangan, muvaffaqiyatlar foizi 68,2%


18 - Inesta "Barselona" safida debyut qilganida 18 yosh 170 kunlik edi. Ushbu uchrashuv 2002 yil 29 oktyabr kuni "Bryugge"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvi bo'lgan.


8 - "Barselona" afsonasi hozirgacha klub bilan 8 marta LaLiga chempioniga aylangan, "Deportivo" bilan o'yinda 9-sovrin qo'lga kiritilishi mumkin.


69 - Inesta LaLiga o'yinlarida 69 marta golli pas bergan. Uning bu boradag eng yaxshi natijasi 2012/13 mavsumda qayd etilgan. O'shanda u 16ta golga assistentlik qilgan edi.


35 - U to'purar bo'lishiga qaramasdan "Barselona" safida LaLiga uchrashuvlarida 35ta gol urgan.


9 - Yarim himoyachi hech qachon "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmagan bo'lsada, FIFAning yil ramziy terma jamoasidan 9 marta joy olgan - faqat Ronaldu va Messi undan katta natijaga ega (11 marta).


116 - Inesta faoliyatidagi eng yaxshi on 2010 yildagi jahon chempionati finalining 116-daqiqasida bo'lgan. O'sha daqiqada u Gollandiya darvozasini ishg'ol qilib, ispanlarga jahon chempionatini yutib bergan. Yarim himoyachi finalning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etilgan.


9 - Inesta LaLigada 9 murabbiy qo'l ostida to'p tepgan. Frank Raykard jamoasida futbolchi eng ko'p uchrashuv (149ta) o'tkazgan.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика