So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi? Yangiliklar

5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi?

Ertaga "Dinamo" stadionida O'zbekiston kubogining yakunlovchi bahsi o'tkaziladi.

"Paxtakor" qatorasiga 4-bor finalda qatnashayotgan bo'lsa, "Nasaf" 5 yillik tanaffusdan keyin yana musobaqa g'olibligini qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'radi. 

Qarshiliklar oxirgi bor mamlakat kubogining hal qiluvchi bahsida "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi (2016 yil).

LOKOMOTIV - NASAF - 1:0

30.11.2016. "Dinamo" stadioni. 8150 tomoshabin. 

Referi: Ceytlin Vladislav

Gol:

1:0 - Abduxoliqov Temurxo'ja, 2

LOKOMOTIV: Ikromov Mamur; To'taxo'jaev Islom; Mustafoev Salim; Fayziev SHerzod (Zoteev Oleg, 73); SHoaxmedov Sanjar (Yoldoshev Boburbek, 85); Abduxoliqov Temurxo'ja; Gevorkyan Artur (Bikmaev Marat, 54); Mirzaev Sardor; Maxaradze Kaxi; Kapadze Timur; Aliboev Ikrom

NASAF: Suyunov Eldorbek; Azamov SHerzod; Golban Igor; Muhammadiev SHuhrat (Muhitdinov SHarof, 84); Sayfiev Farrux; Musaev Fozil; Abdurahimov Bahrom; Hamrobekov Odil (Erkinov SHahboz, 59); Narzullaev Doniyor; G'aniev Azizjon; CHeran Dragan (Abdixoliqov Bobir, 72)

Ogohlantirishlar: To'xtaxo'jaev Islom, 31; Abduxoliqov Temurxo'ja, 33; Hamrobekov Odil, 36; Erkinov SHahboz, 90+4

CHetlatish: To'taxo'jaev Islom, 90+4

SHu o'rinda savol tug'iladi: "Nasaf" 2016 yilgi finalda maydonga tushgan futbolchilardan necha nafarini saqlab qoldi?

Qisqagina qilib aytsak, o'sha tarkibdan faqatgina Doniyor Narzullaev hamda Bahrom Abdurahimov ayni paytda ham "ajdarlar" sharafini himoya qilishmoqda. Biroq, ularning ikkalasi ham "Nasaf" tarkibiga joriy yilning boshida qaytganini unutmaslik kerak. 

Endi masalaning juda ham qiziq bo'lgan 2-tomoniga etibor qaratamiz. Yuqorida keltirilgan tarkibdan roppa-rosa 6 nafar futbolchi ayni paytda "Nasaf"ning ertangi raqibi — "Paxtakor" vakili hisoblanadi. Bular:

1. Eldorbek Suyunov → 2017 yilning yozida "sherlar" safiga qo'shilgandi.

2. SHerzod Azamov → 2017 yilning iyulida Toshkentga yo'l olgandi. U diskvalifikaciya sabab ertaga maydonga tusholmaydi. 

3. Farrux Sayfiev → 2018 yilning qishida "Paxtakor" tarkibiga borib qo'shilgandi (+ Bahrom Abdurahimov ham).

4. Dragan CHeran → 2018 yilning yozida "ajdarlar" libosini echib, "sherga aylangan".

5. Odiljon Hamrobekov → 2019 yilning fevral oyida Toshkentga ko'chib ketgandi.

6. SHarof Muhitdinov → joriy yilning avvalida "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.

Xullas, shunaqa gaplar. Sizningcha, "Paxtakor" ertangi o'yindan keyin "ajdarlar"ning qaysi futbolchisini olib qo'yadi?

Final. Ravshan Ermatov — mutlaq etakchi

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика