35 yoshli Krishito faoliyatini tikladi va 5-marta "Jenoa"ga o'tdi
28 dek 2022 11:22
Yangiliklar
35 yoshli Krishito faoliyatini tikladi va 5-marta "Jenoa"ga o'tdi
Himoyachi Domeniko Krishito futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan 2 oy o'tib yana futbolga qaytdi.
35 yoshli italiyalik "Jenoa" bilan shartnoma imzoladi va 2023 yilning 2 yanvarida jamoaga kelib qo'shiladi. Xabar qilinishicha, kelishuv yozgacha mo'ljallangan.
Krishito beshinchi marta Genuya klubiga o'tdi. U 2002-2004 yillarda yoshlar akademiyasida to'p tepdi, 2006-2009 yillarda "Yuventus"dan ijara asosida kelib o'ynadi, keyinchalik "Jenoa" tomonidan xarid qilindi va 2011 yilgacha jamoa sharafini himoya qildi. Keyinroq 2018 yilda yana qaytib keldi va 2022 yilgacha shu erda harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar