So’nggi yangiliklar

21:20Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида  1 21:01Вальверденинг қизил карточкаси: СТА якуний қарорни қабул қилди  1 20:35ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси машғулоти (23.03.2026)  0 20:05"Арсенал" 410 кун мобайнида иккита гол фарқи билан мағлуб бўлмади  0 20:03ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖ машғулоти (23.03.2026)  0 19:44Венесуэла бош мураббийи: "Муносиб бўлмаганларни терма жамоага чақирмайман"  0 19:22Шерзод Темиров: "Ироқ лигасини мендан ҳам кўра сизлар кўпроқ биласизлар-ку"  8 19:06Достон Ҳамдамов: "Имкониятдан фойдаланиб, мундиалга боришга ҳаракат қиламан"  4 18:49"Футбол олами". Ҳакамлар кўп хато қилмоқда, ЎзФҲМ эса уларни оқламоқда  5 18:32Салиба жароҳат олди – Франция терма жамоасида унинг ўрнини АПЛдаги бошқа бир футболчи эгаллайди  2 18:02Ўзбекистон Кубоги. "Шердор" "Самарқанд ФА"га 3 та тўп киритди, "Ҳавоқанд" пенальтилар сериясига кўра ғолиб чиқди  0 17:40Обамеянг Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин эди, бироқ...  1 17:22Магуайр 4 та клуб таклифини рад этди  2 16:53"Барселона" "Реал"га қарши: "Эл Класико" санаси ва вақти эълон қилинди  0 16:26Реднапп: "Артета жуда катта хатога йўл қўйди"  3

"3 fevraldan 25 fevralgacha Turkiyada yig'in qilamiz. Muxlislarni qiziq uchrashuvlar kutib turibdi" - Ro'ziqul Berdiev Yangiliklar

"3 fevraldan 25 fevralgacha Turkiyada yig'in qilamiz. Muxlislarni qiziq uchrashuvlar kutib turibdi" - Ro'ziqul Berdiev

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaning keyingi rejalari xususida to'xtalib o'tdi.

"Yig'inimizning birinchi bosqichini 3 yanvardan 16 yanvargacha o'tkazdik. Undan keyin jamoamiz azolari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. 

Hozirgi paytda yig'inning ikkinchi bosqichini boshlab yuborganmiz, bu 19 yanvardan 29 yanvargacha Qarshidagi qarorgohimizda olib boriladi. Unda asosan jismoniy holatlarni tiklashga etibor qaratiladi. 

3 fevraldan 25 fevralgacha Turkiyada yig'in qilamiz. Unda bir qator o'yinlarda maydonga tushamiz. Bu bosqich biz uchun juda muhim. 10 ga yaqin bahsda ko'proq o'yin amaliyoti, jismoniy holatni yaxshilash ustida ish olib boriladi. O'ylaymanki, muxlislarni qiziq uchrashuvlar kutib turibdi. Raqib sifatida Rossiya, Ukraina, Evropa jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarida qatnashib, chempionatga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Hozir jamoamiz to'liq tarkibda emas. Ko'p o'yinchilarimiz terma jamoaga jalb qilingan. SHunga qaramasdan, tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shildi, xususan, o'rinbosarlar va 1-liga jamoamizdan ham. Mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan o'tkazilmoqda", – dedi Berdiev.

Avvalroq "Nasaf" albaniyalik forvard Rubin Xebay transferini elon qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика