So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

29 noyabr "Yoshlik" zalida "Nasaf"-2006 - O'zbekiston! Yangiliklar

29 noyabr "Yoshlik" zalida "Nasaf"-2006 - O'zbekiston!

Soat 12:00da Nasaf jamoasining 2003-2006 yillarda to'p tepgan tarkibi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi parketga tushadilar.

12:00da boshlanadigan ikki taymdan iborat o'yindan so'ng saytimiz yo'nalishi bo'yicha oliy liga laureatlari taqdirlanadilar. SHundan so'ng Kamoliddin Kenjaev yozuvi tushirilgan futbolkalarni xarid qilgan o'quvchilar, oliy liga futbolchilari bilan shou o'yinda kuch sinashadilar.

Zalga tashrif buyurgan o'quvchilar futbolimiz yulduzlari bilan suratlarga tushishlari va shu ondayoq uni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ha, biz marketingni boshlab beraylik dedik-da...

SHou o'yinda jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushadilar:

"Nasaf": Pyotr Gizimchuk, Davron Fayziev, Dilshod Mavlonov, Asror Aliqulov, SHuhrat Raxmonqulov, Zafar Xolmurodov, Oybek Usmonxo'jaev, Bahrom Haydarov, Dilyaver Vaniev.

Murabbiylar: Bahrom Hakimov va Grigoriy Ceytlin

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, SHuhrat Maqsudov, Mirjalol Qosimov, No'mon Hasanov, Jafar Irismetov, Igor SHkvirin.

Murabbiy: Rustam Akramov va Birodar Abduraimov

Laureatlar esa quyidagicha yo'nalishlarda aniqlanadilar:

Oliy liga - 2014

YILNING ENG YAXSHI MURABBIYI 

YILNING ENG YAXSHI O'YINCHISI 

YILNING ENG YAXSHI DARVOZABONI

YILNING ENG YAXSHI HIMOYACHISI

YILNING ENG YAXSHI YARIM HIMOYACHISI

YILNING ENG YAXSHI HUJUMCHISI

YILNING ENG YAXSHI LEGIONERI 

MAVSUM KASHFIYOTI

YILNING ENG YAXSHI YOSH O'YINCHISI

SHuningdek, yil davomida saytimizga yaqindan yordam bergan va bizni qo'llab-quvvatlagan uch nafar insonga, "CA"ning do'sti nominaciyasi bo'yicha esdalik diplomlari taqdim etiladi.

Bular kim deysizmi? Buni shanba kuni bilib olasiz. 

Manzil: "Yoshlik" sport majmuasi. "Paxtakor" metro bekati yonginasida.

Zalga sport kiyimida kelish lozim.

Futbolkalar bo'yicha: +99890-988-67-55

FIO: Kamoliddin Kenjaev

Hisob-raqam: 20206000100000194000

Bank kodi: 00194

Bank nomi: DAT Asaka bank Qashqadaryo filiali


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика