So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  11 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

236 muxlis, 4 qizil - turning qiziq raqamlari bilan tanishing Yangiliklar

236 muxlis, 4 qizil - turning qiziq raqamlari bilan tanishing

O'zbekiston chempionatining 23-turi yakunlandi.

"Metallurg" 0:1 AGMK, 236 muxlis

"Surxon" 1:0 "Qizilqum", 840 kishi

"Bunyodkor" 3:1 "Turon", 645 tomoshabin

"Qo'qon-1912" 2:1 "Lokomotiv", 4 320 muxlis

"Mashal" 0:0 "Navbahor", 325 kishi

"So'g'diyona" 1:0 "Paxtakor", 4 503 tomoshabin

"Andijon" 1:1 "Nasaf", 5 110 kishi

Mazkur turni 15 889 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 364 kishiga ko'proq). Bu  har o'yinda o'rtacha 2 270 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz Andijondagi o'yinda ishtirok etdi (5 110 nafar). Eng yomon natija esa "Metallurg" — AGMK o'yinida qayd etildi (236).

Malumot uchun, Bekobodda o'tkazilgan so'nggi 2 o'yinni tomosha qilish uchun 340 nafar muxlis tashrif buyurdi.

7 o'yinda jami 12 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 11 taga kam). Bu har o'yinda o'rtacha 1,7 tadan gol degani. To'plarning 8 tasi mezbon, 3 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Bunyodkor" va "Turon" o'rtasidagi o'yinda urildi (4). Faqat 1 o'yinda darvozalar ishg'ol qilinmadi (Muborakdagi o'yin).     

Xet-trik yoki dubl qayd etilmadi.

22-turda referilar 37 marta (o'tgan turga nisbatan 2 ta kam) cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 5,2 tadan).

4 nafar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi — Davron Hoshimov ("Navbahor"), Dayan Ponevich ("Turon"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Marlen CHobanov ("Paxtakor").

3 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.  

Malumot uchun, keyingi tur bahslari 4 noyabr kuni start oladi.

24-tur

04.11.2021. "Bunyodkor" — "Qizilqum"

04.11.2021. AGMK — "Andijon"

05.11.2021. "Lokomotiv" — "So'g'diyona"

05.11.2021. "Navbahor" — "Metallurg"

06.11.2021. "Paxtakor" — "Surxon"

06.11.2021. "Mashal" — "Turon"

07.11.2021. "Nasaf" — "Qo'qon-1912"

Havas

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика