23 yoshli Mbappe JCHdagi gollar bo'yicha Messi, Badjo, Vilya, Eysebio kabi futbolchilar bilan tenglashdi
05 dek 2022 09:00
Yangiliklar
23 yoshli Mbappe JCHdagi gollar bo'yicha Messi, Badjo, Vilya, Eysebio kabi futbolchilar bilan tenglashdi
23 yoshli Mbappe musobaqadagi 11-o'yinida 8 hamda 9-gollarini urishga erishdi. U mundial tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 14-24-o'rindagi futbolchilarga etib oldi. Francuz o'zi uchun 2-jahon chempionatida qatnashmoqda.
Mundiallar tarixida eng ko'p to'p kiritgan o'yinchilar:
1. Miroslav Kloze (Germaniya) – 16 ta;
2. Ronaldo (Braziliya) – 15;
3. Gerd Myuller (Germaniya) – 14 ta;
4. Jyust Fonten (Franciya) – 13;
5. Pele (Braziliya) – 12;
6-7. SHandor Kochish (Vengriya) va Yurgen Klinsman (Germaniya) – 11 tadan;
8-13. Xelmut Ran (Germaniya), Gari Lineker (Angliya), Gabriel Batistuta (Argentina), Teofilo Kubilyas (Peru), Tomas Myuller (Germaniya), Gjegoj Lyato (Polsha) – 10 tadan;
14-24. Kilian Mbappe (Franciya), Lionel Messi (Argentina), Ademir (Braziliya), Eysebio (Portugaliya), Kristian Veri (Italiya), Vava (Braziliya), David Vilya (Ispaniya), Paolo Rossi (Italiya), Jairzino (Braziliya), Roberto Badjo (Italiya), Karl-Xaync Rummenigge (Germaniya), Uve Zeeler (Germaniya) – 9 tadan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar