23 noyabr kuni U-23 Osiyo kubogiga qura tashlanadi
20 noy 2023 10:40
Yangiliklar
2024 yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirda eng yaxshi uchta o'rinni egallagan jamoa 2024 yilgi Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi, to'rtinchi o'rinni egallagan jamoa esa Afrika futbol konfederaciyasi ishtirokichisiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.
Qita musobaqasiga qura tashlash marosimi 23 noyabr kuni O'zbekiston vaqti bilan 14:00da boshlanadi. Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan.
1-savatcha: Qatar, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Yaponiya.
2-savatcha: Avstraliya, Iroq, Vetnam, Koreya Respublikasi.
3-savatcha: Tailand, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt.
4-savatcha: Malayziya, Tojikiston, Indoneziya, Xitoy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar