So’nggi yangiliklar

10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  0 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  4 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15

2024 yil 1 iyungacha futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi - Prezident qarori Yangiliklar

2024 yil 1 iyungacha futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi - Prezident qarori

Milliy futbol markazi hamda futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

“Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:

- Milliy futbol markazi;

- Futbol bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;

- Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi.

SHuningdek, Futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.

2025 yil 1 yanvardan hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-talim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli licenziyalarni olgandan so'ng faoliyat ko'rsatish amaliyoti joriy qilinadi.

2024 yil sentyabrda O'zbekistonda futzal bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etiladi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal bo'yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

2024 yil 1 yanvardan professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O'zbekiston futbol associaciyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard so'mgacha 5 yildan kam bo'lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.

Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol selekcioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga o'qitish yo'lga qo'yiladi.

2024/2025 o'quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining CHirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

2024 yil 1 martgacha respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

2024 yil 1 iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика