So’nggi yangiliklar

10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3

2019 yilda kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash boshlanadi Yangiliklar

2019 yilda kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash boshlanadi

Bungacha PFL kelishilganlikda gumon qilingan qator uchrashuvlar haqida malumotlar qabul qilib olgandi.

Mamlakat futbolini oyoqqa turg'azish yo'lida qator chora-tadbirlar ko'rilayotgan bo'lsa-da, shu sohadan non topayotgan, biroq futbolni botqoqqa botirish, uning principlarini mensimaslik, o'z manfaati yo'lida jamoasi va hatto muxlislarini ham sotib yuboradigan kimsalar bor. 2019 yilda O'FA hamda PFL bu kabi illatlarga va bunday jinoyatchi shaxslarga qarshi jiddiy kurash olib boradi.

Ayni vaqtda Professional futbol ligasi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash yo'lida prokuratura va boshqa tegishli organlar bilan hamkorlikda ishlash masalasini ko'rib chiqmoqda. Bungacha O'FA qoshida yuqoridagi kabi ishlarni aniqlash maqsadida alohida bo'lim tashkil qilingandi. Mazkur bo'lim shubhali ko'ringan va isboti jinoiy javobgarlikkacha tortish uchun kamlik qiladigan qator malumotlar to'pladi. Ammo, kelishilgan o'yinlar borasidagi noxush xabarlar, muxlislarning bunday o'yinlarga bo'lgan etirozi kamayib qolmadi. Endi esa O'FA ishni yuqoridagi kabi organlarga topshirish niyatida.

Bunda bir jihatga etibor qaratish kerak bo'ladi. Ayni holatda davlat organlari futbolning ichki ishlariga aralashgan bo'lib chiqmaydi. Balki, O'FA futboldagi illatlarni yo'qotish uchun organlar yordamiga o'z xohishi bilan suyanayotgan sanaladi. Mazkur tashabbusni OFK ham, FIFA ham qo'llab-quvvatlaydi.

Bungacha PFL kelishilganlikda gumon qilingan qator uchrashuvlar haqida malumotlar qabul qilib olgandi. Mazkur jamoalar ertaga — 7 yanvar kuni rasman ogohlantiriladi. Garchi o'sha uchrashuvlar kelishilganligi borasida aniq dalillar yo'q bo'lsa-da, klub mutasaddilari buning uchun tushuntirish berishi shart.

PFL vakillari futbol olamida faoliyat olib borayotgan, totalizatorlarda ishtirok etadigan, bazida sovrinlar ham yutishga ulgurayotgan ayrim mutaxassislar haqida faktsiz bo'lsa-da, tasavvurga ega. Agar ular faoliyat olib borayotgan jamoa haqida OFK yoki boshqa tashkilotlardan gumonlanuvchi o'yinlar borasida malumot kelib tushsa, O'FA rahbariyati ularni asossiz ham futboldan chetlashtirish ishini ko'rib chiqadi. Mana shunday noinsof kishilarning 4-5 nafari futbol bilan bir umrga xayrlashsa, futbol rivoji to'xtab qolmaydi. Muhimi, uning ichi bir qadar tozalanadi va qolgan ayrim kishilar oz bo'lsa-da insofga keladi.

SHuningdek, quruq gaplar emas, aniq faktlari bo'lgan, kelishilgan o'yinlarni ochishda yaxshi malumotlari bor bo'lgan futbolchilar, murabbiylar va klublar rahbarlari bu haqda malumot berishlari so'raladi. Ularning shaxsi imkon bergunicha sir tutiladi, ommaga oshkor qilinmaydi. Mana shunday pastkashlikka burkangan ishlar aniqlangudek bo'lsa, PFL bu ishga hissa qo'shganlarni mukofotlashga ham tayyor. Mamlakat futboli rivoji uchun barchamiz birdek masulmiz.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика