So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

2017 yilda bizning jamoalarimiz qanday musobaqalarda ishtirok etishadi? Yangiliklar

2017 yilda bizning jamoalarimiz qanday musobaqalarda ishtirok etishadi?

Mana yangi 2017 yil ham kirib keldi.
Bu yil terma jamoalarimiz va klublarimiz bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi. Biz OFK rasmiy sayti tomonidan taqdim etilgan 2017 yil taqvimi bilan tanishtiramiz. Ushbu taqvim o'quvchilarimizga tushunarli bo'lishi uchun bir necha qismga bo'lib chiqdik.   

Dastlab O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz. Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz yangi yilda JCH-2018 saralashi 3-bosqichi doirasida 5ta o'yinni o'tkazadi. Dastlab yil boshida termamiz Turkiyada yig'in o'tkazadi. 23 yanvarda Babayan shogirdlari Gruziya bilan bellashadi. 12 fevralda esa O'zbekiston Armaniston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. SHundan so'ng 23 martdan mundial yo'lidagi navbatdagi o'yinlar boshlanadi. SHu kuni O'zbekiston Malayziyada Suriya bilan o'ynaydi. Oradan besh kun o'tib Toshkentda Qatar mehmon bo'ladi. 12 iyunda terma jamoamiz Eron bilan safarda kuch sinashadi. Yoz faslining eng so'nggi kunida jamoamiz Xitoy maydoniga safar qilishadi. 5 sentyabr kuni JCH-2018 saralashi 3-bosqichi doirasidagi so'nggi bahs Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi o'tkaziladi.



Ushbu bosqichda uchinchi o'rinni egallagan jamoalar o'rtasidagi pley-off o'yinlari 5 va 10 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Bu o'yin g'olibi esa qitalararo pley-offda o'ynaydi. KONKAKAF mintaqasi (SHimoliy Amerika) jamoasiga qarshi bahslar esa 6 va 14 noyabr kunlari o'tkaziladi.

Keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinlari esa 24, 31 yanvar va 7-8 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Unda Qarshining “Nasaf” va Toshkentning "Bunyodkor" klublari ishtirok etishidan xabaringiz bor. "Nasaf" 31 yanvarda Bahraynnig "Al Xidd" klubi bilan o'ynaydi. Bu uchrashuv g'olibi 7 fevral kuni Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi bilan guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi. "Bunyodkor" esa 7 fevralda Qatarning "Al Jayish" klubi bilan o'ynaydi. Guruh bosqichi o'yinlari 20-22 fevral kunlari start oladi. Bu bosqich 10 mayga qadar davom etadi. OCHL-2017 finallari 18 va 25 noyabr kunlariga belgilangan.



9-21 may kunlari OFKning yangi musobaqasi bo'lib o'tadi. Bu oraliqda 20 yoshgacha futzalchilardan iborat Osiyo chempionati o'tkaziladi. Hozircha bu musobaqada 22ta terma jamoa ishtirok etishi malum xolos. Ular orasida O'zbekiston ham bor. Qita chempionatiga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi hozircha aniq emas.

Yozda, aniqrog'i 15-23 iyul kunlari 2018 yil bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U-23) Osiyo chempionati uchun saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu saralash bahslarida 1995 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoamiz ishtirok etadi.

19-30 iyul kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida futzal bo'yicha VIII klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistonning 2016 yildagi chempioni "Olmaliq" klubi ishtirok etadi.

15-26 avgust oralig'ida Osiyoda yana bir yangi musobaqa o'tkaziladi. Yani futzal bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida ilk bor Osiyo chempionati tashkil etiladi. Hozircha unda 13 terma jamoa qatnashishi ko'zda tutilgan. Musobaqa qaysi davlatda bo'lib o'tishi hozircha nomalum.



16-24 sentyabr kunlari 2018 yilgi o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Hozircha saralash bahslariga qura tashlanmagan. O'zbekiston o'smirlari qura jarayonida birinchi savatchada bo'lishadi. Bu musobaqada 2002 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etishadi.

Oktyabr oyining 13-22 sanalarida futzal bo'yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati final bosqichi saralash bahslari bo'lib o'tadi. Biroq unda O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmaydi. Sababi Xose Mariya Mendez boshchiligidagi futzalchilarimiz 2016 yilgi qita chempionatida ikkinchi o'rinni olib muddatdan oldin keyingi Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Biz bilan birga Eron va Tailand ham to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan. Yana bir to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma musobaqa mezboniga beriladi. Hozircha chempionat qaysi davlatda bo'lishi malum emas.



14-28 oktyabr oralig'ida Xitoy mamlakatida ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi. Unda Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatida to'rtinchi marta qatnashadi.  

21-29 oktyabr kunlari 2018 yilgi yoshlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Hozircha bu saralash bahslariga ham qura tashlanmagan. O'zbekiston yoshlari qura jarayonida birinchi savatchada bo'lishlari aniq. Bu musobaqada 1999 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etishadi.



2017 yil taqvimi

  Milliy terma jamoamiz o'yinlari

23 yanvar O'zbekiston - Gruziya (o'rtoqlik uchrashuvi)
12 fevral O'zbekiston - Armaniston (o'rtoqlik uchrashuvi)
23 mart Suriya - O'zbekiston (JCH-2018 saralashi)
28 mart O'zbekiston - Qatar (JCH-2018 saralashi)
12 iyun Eron - O'zbekiston (JCH-2018 saralashi)
31 avgust Xitoy - O'zbekiston (JCH-2018 saralashi)
5 sentyabr O'zbekiston - Janubiy Koreya (JCH-2018 saralashi)



  Jamoalarimiz qatnashadigan musobaqalar

20 fevral - 10 may kunlari - OCHL guruh bosqichi
9-21 may - Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati
15-23 iyul - U-23 Osiyo chempionati saralashi
19-30 iyul - Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
15-26 avgust - Futzal. Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati
16-24 sentyabr - U-16 Osiyo chempionati saralashi
13-22 oktyabr - Futzal. Osiyo chempionati-2018 saralashi
14-28 oktyabr - Ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati
21-29 oktyabr - U-19 Osiyo chempionati saralashi

 
Narzulla Saydullaev.
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика