So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  2 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

"2005 yili Bahraynga qarshi o'yindan keyin FIFAga xat yozgan odam bugun o'zbek futbolida bosh murabbiy lavozimida ishlamoqda" - Alisher Nikimbaev Yangiliklar

"2005 yili Bahraynga qarshi o'yindan keyin FIFAga xat yozgan odam bugun o'zbek futbolida bosh murabbiy lavozimida ishlamoqda" - Alisher Nikimbaev

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimabaev "Championat.asia" nashriga intervyu berdi.

Nashr bosh muharriri Narzulla Saydullaev Nikimbaevdan 2005 yili Bahrayn terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston nomidan FIFAga kim xat yozganini so'radi. 

Futbol mutaxassisi savolga javob berar ekan, xatni o'zi yozmaganini aytib, jumladan, shunday deydi:

"Men bu savolga 2005 yildan buyon bu savolga javob berib kelyapman. O'sha yili birinchi bo'lib radioda to'g'ridan-to'g'ri efirda shu savol berilgandi. O'sha payti ham aytgandim. Keyin FIFA jurnaliga, turli saytlarga aytganman javobimni. Oradan 17 yil o'tdi, ko'pchilik nima bo'lganini ham eslay olmaydi. Lekin "protest yozilgan, Nikimbaev" yozgan deyishadi. 

Bu narsani men yozmaganman, kompyuter oldida ham o'tirmaganman. G'oya kimniki bo'lganini ham aytolmayman, u bugungi kunda ham futbolda ishlayapti, insofi bo'lsa chiqadi o'zi biror kun. O'ziga ham aytganman, 5 yil oldin telefon qilib, "sen Vatanni sevishing kerak", deb aytgandi. O'shanda "sen menga Vatanni sevishni o'rgatmagin. Sen o'zingga javob ber" deganman. U hozir ham ishlayapti, uzoq yil ishlashini tilab qolaman. Oradan 17 yil o'tdi, agar insofi bo'lsa chiqardi. Mard bo'lsa chiqardi, mard emas ekan, chiqmadi. 

U bugungi kunda bosh murabbiy lavozimida ishlamoqda".

To'liq intervyu:

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика