2001–2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligi finalchilari aniqlandi
13 noy 2017 18:54
Yangiliklar
2001–2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligi finalchilari aniqlandi
Buxoro shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 2001–2002 yilllarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi O'zbekiston Birinchiligi final bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Bugun jami 8 jamoa ishtirok etayotgan mazkur turnirda 5- va 7-o'rinlar uchun bahslar, shuningdek, yarim final o'yinlari o'tkazildi.
7-o'rin uchun o'yin:
“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak) 4:1
5-o'rin uchun o'yin:
“Neftchi” (Farg'ona) – “Navbahor” (Namangan) 3:2
Yarim final:
“Paxtakor” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro) 2:1
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Uz-Dong-Ju” (Andijon) 2:0
SHu tariqa, finalga “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalari tarbiyalanuvchilari yo'l olishdi. Final bahsi ertaga bo'lib o'tadi.
Takidlab o'tamiz, bu kabi musobaqalar yosh futbolchilarni katta futbolga tayyorlash, selekciya jarayonini o'tkazish, futbolchilar orasidan munosiblarini tashlash uchun xizmat qiladi.
Fikrlar