2 yil avval O'zbekistonni yutgan Saudiya Arabistoni tarkibi qanchalik o'zgargan?
24 apr 12:48
Yangiliklar
2 yil avval O'zbekistonni yutgan Saudiya Arabistoni tarkibi qanchalik o'zgargan?
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston OTJ guruh bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazdi. Ular endilikda yarim final yo'llanmasi uchun Saudiya Arabistoni bilan bellashishadi. Bu qadrdon raqiblar 2 yil avval Toshkentda o'tgan U-23 Osiyo kubogi finalida to'qnash kelishgan edi. O'sha musobaqada Saudiya Arabistoni katta yosh toifasida qatnashgan. Bugungi kunga kelib o'sha jamoada harakat qilganlardan faqat 2 nafari o'ynamoqda. Ular Ayman Yahyo (#7) va Ahmad Al Gamdi (#11). Aynan Al Gamdi finalda O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilgan.
Finalda maydonga tushgan tarkib
Saudiya Arabistoni: 1. Navaf al-Aqidi, 5. Hassan Tambakti (s), 6. Ibrohim Maxnashi, 7. Ayman Yahyo, 8 Hamid al-Gamdi, 9. Feras al-Baykan, 11. Ahmad al-Gamdi, 12. Moteb al-Xarbi, 13. Hamad al-Yami, 15. Husayn al-Eysa, 23. Saud Abdulhamid.
Bu esa 2022 yilgi finalda maydonga tushgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi asosiy tarkibi. Faqatgina chap qanot himoyachisi Dostonbek Tursunov (#3) hozirgi tarkibda yo'q.
O'zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 23. Abdurauf Bo'riev.
Fikrlar