So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  3 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  5 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  12 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22

19 yoshidayoq "Ulkan toj" sovrinini yutgan afsona - Rafael Nadal haqida Yangiliklar

19 yoshidayoq "Ulkan toj" sovrinini yutgan afsona - Rafael Nadal haqida

Teglar :  NadalTennis
Bir necha kundan so'ng tennis olamida yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan "Ulkan toj" turkumidagi "Rolan Garros" turniri start oladi.

Ushbu musobaqa haqida gap ketganida tennis muxlislari ko'z o'ngiga grunt kortlar qiroli - Rafael Nadal keladi. Ana shu nufuzli musobaqa oldidan dunyo tennisi yulduzi, ispaniyalik torrido Rafael Nadal haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etishga qaror qildik.

To'liq ismi - Rafael Nadal Parera. 1986 yilning 3 iyunida Ispaniyaning Manakor shahrida dunyoga kelgan. Otasi Sebastyan Nadal - biznesmen, shaxsiy sug'urta kompaniya va restoraniga ega. Onasi - uy bekasi. Mariya Isabel ismli singlisi bor. Rafa uch yoshidan tennis bilan shug'ullanishni boshlaydi. Unga yoshligidan tennis sirlarini amakisi Toni Nadal o'rgatib kelgan. Nadal yoshligida tennisdan tashqari futbol bilan ham tengma-teng shug'ullanib boradi.

Sakkiz yoshga to'lgan Rafael o'n ikki yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida o'z mintaqasida tengsiz deb topiladi. O'n ikki yoshida Ispaniya va Evropada o'z yoshida ko'plab musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritadi, shu bilan birga futbolni xam tashlab qo'ymaydi. SHunda otasi unga futbolni yoki tennisni tanlashi kerakligini aytadi. Nadal tennisni tanlaydi va futbol bilan shug'ullanishni to'xtatadi.

Rafael Nadal o'n to'rt yoshga to'lganida Ispaniya tennis federaciyasi tomonidan unga Barselonaga ko'chib o'tish taklifi beriladi. U erda tennis sirlarini yanada chuqurroq o'rganish mumkin edi. Ammo otasi bunga ko'nmaydi. Gap shundaki, otasi uning o'qishi pasayib ketishidan xavfsiraydi. Keyin amakisi Toni Nadal ham yaxshi tennischi bo'lish uchun albatta Amerika yoki boshqa yurtlarga chiqish shart emasligini, o'zi tug'ilib o'sgan joyda ham yaxshi tennischi bo'lib etishishi mumkinligini aytadi. SHunday qilib, Rafa Monakorda qoladi va tennis uchun kerak bo'lgan barcha harajatlarni Ispaniya tennis federaciyasi emas, balki uning otasi qoplaydi.

Nadal o'n besh yoshida professional tennisdagi faoliyatini boshlaydi. O'sha yili Nadal ikkita ITF musobaqasida qatnashadi. Qahramonimiz 2002 yili, 16 yoshida o'smirlar o'rtasidagi "Uimbldon"' musobaqasining yarim finalga qadar etib boradi...


Qiziqarli materialning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > 19 yoshidayoq "Ulkan toj" sovrinini yutgan afsona - Rafael Nadal haqida

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика