"18 yoshimda men Xbox o'ynardim, Kobbi esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti"
27 mar 2024 13:31
Yangiliklar
"18 yoshimda men Xbox o'ynardim, Kobbi esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti"
Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan tugadi. Inglizlarni Jud Bellingemning 90+5 - daqiqadagi goli mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Mana shu bahsda Angliya tarkibida "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi 18 yoshli Kobbi Maynu ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kobbi terma jamoa asosiy tarkibidagi debyutidayoq uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bellashuvdan keyin terma jamoadagi yoshi kattaroq o'yinchilar Maynu haqida fikrlarini bildirib o'tishdi.
Ayven Touni: "18 yoshimda men Xbox o'ynardim, u (Kobbi) esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti. U to'p bilan shunchaki "sirpanadi". U hali o'z imkoniyatlarining yanada yuqori cho'qqisiga chiqishi va ko'p yutuqlarga erishishiga ishonaman".
Jud Bellingem: "U bugun juda yaxshi o'ynadi. Bu juda ham ajoyib futbolchi. Uni "Manchester Yunayted"da yorqin kelajak kutmoqda va umid qilaman Angliya terma jamoasida ham.
Men undan yoshi kattaroq o'yinchi sifatida gapiryapman. Odamlar shovqin ko'tarib senga katta bosim o'tkazayotganda qanchalik og'ir ekanligini bilaman. U ajoyib harakat qildi".


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar